Savdo-sanoat palatasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xodimlarini attestasiyadan o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2018 yildagi “Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Savdo-sanoat palatasi Davlat mehnat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xodimlarini attestasiyadan o‘tkazdi.
Attestasiya 2019 yilning 7 – 8 noyabr kunlar o‘tkazilgan bo‘lib, o‘nda 52 nafar vazirlik xodimlari ishtirok etdi. Shundan 12 nafari tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablari va tekshiruvlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida minimal tushunchalariga ega emasliklari sababli attestasiyadan o‘ta olmadi.40 nafar xodimga esa tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish uchun maxsus guvoxnoma topshirildi.
Attestasiya komissiyasiga Bandlik va mehnat munosabatlari vazir o‘rinbosari N.Yakubov rahbarlik qildi, komissiya tarkibida Savdo-sanoat palatasidan yuridik byuro boshlig‘i B.Nazarov vazirlikning mas'ul boshqarmalari boshliqlari B.Alimuxamedov, X.Abdurasulov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni mas'ul xodimi S.Abduraxmanov, “Labour Systems” MChJ raxbari V.Fiofanov faoliyat ko‘rsatdi.
Bu kabi attestasiyalar bir qator Vazirlik va idoralarda xam bo‘lib o‘tadi.
21.11.2019
18:59