10 dekabr O'zbekiston Respublikasi tadbirkorlari uchun "Mening biznesim" mahorat darsi bo'lib o'tadi
Synergy Rossiya Tijorat Universiteti "Kichik va o'rta tadbirkorlik va yakka tartibdagi tadbirkorlik tashabbusini qo'llab-quvvatlash" milliy loyihasining "Tadbirkorlikni rivojlantirish" federal loyihasi doirasida Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi tadbirkorlari uchun "Mening biznesim" mahorat darsini o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Mahorat darsi 10 dekabr 2019 yil soat 19:00 da "City Palace" mehmonxonasining "Grand Ball Room" konferents-zalida bo'lib o'tadi.
Mahorat darsi davomida taniqli rus biznes-trenerlarining chiqishlari bo'lib o'tadi:
Aleksandr Volovik: "Ijtimoiy tarmoqlarda biznesni rivojlantirish tendentsiyalari 2020";
Vladimir Turman: "Marketing qadoqlash biznesi: noyob sotish taklifini ishlab chiqish va raqobatbardosh bozorlarda sotishni ko'paytirish sirlari".
Tadbirda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish: https://мойбизнес.рф/mk/tashkent (ishtirok etish bepul).
29.11.2019
11:55