• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    SSP alkogol va tamaki mahsulotlar talablarini og'irlashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyixasiga o'z e'tirozini bildirdi.

    “O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to'g'risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o'tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning o'tgan davri mobaynida 851 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko'rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonuni loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o'tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1. Loyihaning 1-moddasi 1-bandi yettinchi xatboshiga ko'ra, tamaki mahsuloti tushunchasiga quyidagicha ta'rif berish belgilangan: tamaki mahsuloti – to'liq yoki qisman tamaki yoki uning o'rnini bosuvchi narsadan tayyorlangan, shuningdek tarkibida nikotin bo'lgan har kanday mahsulot va bunday mahsulotni istemol qilish uchun mo'ljallangan moslamalar, jumladan, tamakini qizdirish tizimlari, nikotin yetkazib berish elektron vositalari (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ro'yxatdan o'tkazilgan dori vositalari bundan mustasno) va turli usullarda iste'mol qilishga mo'ljallangan har qanday mahsulot”.

    Bunda, tamaki mahsulotlari bilan bir qatorda tarkibida nikotin bo'lgan har qanday mahsulot, bunday mahsulolarni iste'mol qilish uchun mo'ljallangan moslamalar, jumladan tamakini qizdirish tizimlari, nikotin yetkazib berish elektron vositalari, shu bilan birga turli usullarda iste'mol qilishga mo'ljallangan har qanday mahsulot tamaki mahsulotlari sifatida belgilangan.

    Ammo, yuqorida keltirilgan moslama va asbob-uskunalar, tabiiyki tamaki mahsulotlari hisoblanmaydi. Shuningdek, “turli usullarda iste'mol qilishga mo'ljallangan har qanday mahsulot” tushunchasi esa, inson tomonidan iste'mol qilinishi mumkin bo'lgan barcha mahsulotlarni qamrab oladi.

    Bundan tashqari, mazkur normada keltirilgan “tarkibida nikotin bo'lgan har kanday mahsulot” iborasi tarkibida turli miqdorda nikotin bo'lgan har qanday mahsulotni (inson salomatligi uchun zarari mavjud bo'lmagan mahsulotni ham) tamaki mahsuloti deb topishga asos bo'lishi mumkin.

    Bular esa, turli noaniqliklar va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi, amaliyotda har xil talqin qilinishi mumkin.

    Mazkur normaning ushbu tahrirda berilishi esa, Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining Tamakiga qarshi kurashish bo'yicha Konvensiyasining (keyingi o'rinlarda Konvensiya) 1-moddasi bilan asoslantirilgan. Ammo, unda keltirilgan tushunchaga ko'ra, “tamaki mahsulotlari” – chekish, so'rish, chaynash yoki nafas olib yutish uchun ishlatish mumkin bo'lgan tarzda xom ashyo materiali sifatida tamaki bargidan to'liq yoki qisman tayyorlangan mahsulotlarni anglatadi.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihada “tamaki mahsulotlari” tushunchasiga Kovensiya normalari doirasida aniq ta'rif berish, “tarkibida nikotin bo'lgan mahsulot” tushunchasiga ushbu mahsulotning inson salomatligiga xavflilik darajasidan kelib chiqib, uning minimum miqdorini belgilagan holda, alohida ta'rif berish tavsiya etiladi.

    2. Loyihaning 1-moddasi 1-bandi o'n uchinchi xatboshiga ko'ra, “nosvoy – shimish uchun mo'ljallangan bo'lib, tamaki va boshqa tamakisiz xom ashyo (jumladan ishqor, ohak, bo'r)dan tayyorlangan chekilmaydigan (tutunsiz) tamaki mahsuloti turi”, - deb belgilangan.

    Bunda, tamakisiz xom ashyo (jumladan ishqor, ohak, bo'r)dan tayyorlangan chekilmaydigan (tutunsiz) mahsulot ham tamaki mahsuloti turi sifatida belgilangan.

    Shuningdek, mazkur tushunchadan qonun loyihasining boshqa biror normasida foydalanilmagan.

    Bundan tashqari, tamaki mahsulotining har qanday turiga loyihada “tamaki mahsuloti” sifatida tushuncha berilgan.

    Shu bois, loyihada “nosvoy” tushunchasiga alohida ta'rif berish zarurati mavjud emasligi sababli, yuqoridagi normani chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    3. Loyihaning 1-moddasi 1-bandi o'n beshinchi xatboshiga ko'ra, “ish joyi – xodim o'z ishiga bog'liq holda bo'lishi yoki kelishi shart bo'lgan, ish beruvchining bevosita yoki bilvosita nazoratida turadigan joy, shu jumladan, xodim mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida foydalanadigan (yo'laklar, liftlar, zinapoyalar, hojatxonalar, dam olish xonalari, turli xizmat xonalari va h.k.) joy, shu jumladan transport”, - deb belgilangan.

    Loyihada ushbu tushuncha ish joyida alkogol va tamaki mahsulotlarining iste'molini cheklash maqsadida keltirilgan.

    Biroq, bunda ochiq havodagi joylar ham ish joyi deb belgilanishi (qishloq xo'jaligi sohasi, qurilish maydonlari, kommunal xizmat sohasida ishlovchi xodimlar uchun) mumkinligi, yuqoridagi tushunchaning ushbu shaklda belgilanishi esa, uning amaliyotda turlicha talqin qilinishiga olib kelishi inobatga olinmagan.

    Shu bois, loyihada mazkur tushunchaga ta'rif berishda ish joyining yopiq yoki o'ralgan hududda joylashganligini alohida keltirib o'tish maqsadga muvofiq.

    4. Loyihaning 1-moddasi 1-bandi o'n beshinchi xatboshiga ko'ra, “tibbiy ogohlantirishlar - alkogol mahsuloti idishi, tamaki mahsuloti iste'mol o'rovida (birlamchi o'rov, qutisi, blok), shu jumladan tamaki qizdirish tizimi, nikotin yetkazib berish elektron vositalarining (ular uchun suyuqliklar) iste'mol o'rovida, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlari sotiladigan joylarda joylashtiriladigan matnli yozuvni o'z ichiga oladigan fototasvirlar ko'rinishidagi alkogol yoki tamaki mahsulotlari (nikotin)ni iste'mol qilishning inson sog'lig'iga salbiy ta'siri to'g'risidagi axborot”, - deb belgilangan.

    Bunda, alkogol va tamaki mahsulotlari bilan bir qatorda tamaki qizdirish tizimi, nikotin yetkazib berish elektron vositalarining (ular uchun suyuqliklar) iste'mol o'rovida, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlari sotiladigan joylarda ham tibbiy ogohlantirishlar joylao'tirilishi belgilangan.

    Ammo, yuqorida keltirilgan Konvensiyaning 11-moddasi 1-bandi “a” kichik bandida tibbiy ogohlantirishlar faqatgina tamaki mahsulotlarining tashqi o'rovida bo'lishi lozimligi belgilangan (ya'ni unda, tamaki mahsulotlari iste'molida foydalanuvchi moslama yoki tamaki mahsulotlari sotiladigan joylarda tibbiy ogohlantirishlarning joylashtirilishi nazarda tutilmagan).

    Bundan tashqari, yuqoridagi normaga ko'ra, tamaki mahsulotlarining blokida ham tibbiy ogohlantirishlarning joylashtirilishi belgilangan.

    Ammo, Konvensiyaning 11-moddasi 4-bandiga ko'ra, tashqi o'rov tushunchasi tamaki mahsulotlarining chakana savdosida qo'llanilishi belgilangan.

    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 fevraldagi 74-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tamaki mahsulotlari to'g'risidagi umumiy texnik Reglamentning 5-bandiga asosan, blok – ma'lum miqdorda tamaki mahsulotlari iste'mol o'rovlarini jamlab oluvchi guruhlangan iste'mol qadoq birligi bo'lib, u tamaki mahsulotlarining chakana savdosida foydalanilmaydi.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihaning tegishli normalaridan tamaki mahsulotlarining blokida, tamaki qizdirish tizimi, nikotin yetkazib berish elektron vositalarining (ular uchun suyuqliklar) iste'mol o'rovida, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlari sotiladigan joylarda tibbiy ogohlantirishlarning joylashtirilishini nazarda tutuvchi normalarni chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

    5. Loyihaning 1-moddasi 6-bandida alkogol va tamaki mahsulotlarida joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirishlar mahsulotlar asosiy yuzasining kamida 65 foizini egallashi lozimligi belgilangan.

    Konvensiyaning 11-moddasi 1-bandi “iv” kichik bandida esa, tamaki mahsulotlari qadoqlaridagi tibbiy ogohlantirishlar qadoq asosiy yuzasining 50% yoki undan ortiq qismida, ammo 30% dan kam bo'lmagan miqdorida bo'lishi belgilangan.

    Shuningdek, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining Tamaki mahsulotlari to'g'risidagi texnik reglamentiga asosan, bunday tibbiy ogohlantirishlar miqdori 50% darajada belgilangan.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, tibbiy ogohlantirishlar mahsulotlar asosiy yuzasining kamida 50 foizini egallashi lozimligi belgilash maqsadga muvofiq.

    6. Loyihaning 1-moddasi 7-bandida “Chilim mahsuloti (xizmatlari)ni sotish qonun hujjatlariga muvofiq ixtisoslashtirilgan ob'ektlarda amalga oshiriladi”, - deb belgilangan.

    Ammo, bunda “ixtisoslashtirilgan ob'ektlar” tushunchasi aniqlashtirilmagan. Bu esa, amaliyotda turli noaniqliklar va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Shu sababli, bunday ixtisoslashtirilgan ob'ektlar qanday ob'ektlar bo'lishi mumkinligini keltirib o'tish maqsadga muvofiq.
    7. Loyihaning 1-moddasi 11-bandida “alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining firma nomlari va tovar belgilarini, jumladan, ko'ngilochar tadbirlarni o'tkazish joylariga va chakana savdo joylariga, alkogol va tamaki mahsulotlarini saqlash uskunalari ustiga joylashtirish, xususan, bunday mahsulot logotiplari va savdo yorliqlariga o'xshatiladigan firma rangi yoki ranglar birikuvidan foydalanish;

    alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining firma nomlari va tovar belgilarini boshqa tovar turlariga joylashtirish, shuningdek bunday tovarlarni realizatsiya qilish” ta'qiqlanishi belgilangan.

    Ammo, “Firma nomlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, firma nomlaridan tovarlarda, ularning idishi va o'rovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma ma'lumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, tovarlarni O'zbekiston Respublikasida o'tkaziladigan ko'rgazmalar va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida foydalanilishi mumkinligi belgilangan.

    Shuningdek, ushbu qonunning 6-moddasiga ko'ra, yuridik shaxs o'z firma nomidan foydalanishda mutlaq huquqlarga ega.

    Ya'ni, mazkur firma tomonidan ishlab chiqarilgan boshqa mahsulotlarda ham ushbu yuridik shaxs o'z firma nomidan foydalanishi mumkin.

    Shu bois, yuqoridagi normalarni mazkur qonun talablarini inobatga olgan holda, qayta ko'rib chiqish lozim.

    8. Loyihaning 5-moddasi 2-bandiga ko'ra, mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, muassasalar, tashkilotlar, korxonalar, shu jumladan savdo ob'ektlari va umumiy ovqatlanish korxonalarining rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan belgilanmagan joylarda tamaki mahsulotini iste'mol qilishga yo'l qo'yilganligi uchun ma'muriy javobgarlikni joriy etish belgilangan.

    Ammo, amaliyotda ushbu shaxslar tomonidan o'ziga tegishli bo'lgan hududlarni kecha-yu kunduz uzluksiz nazorat qilish, ushbu hududlarda boshqa shaxslar tomonidan tamaki mahsulotlari iste'mol qilinmasligini ta'minlash imkoniyati mavjud emas.

    Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil18 dekabrdagi PQ-4063-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2019 – 2022 yillarda yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari Dasturining 2-bandida amaldagi qonunchilikka “jamoat joylarida va transportning belgilanmagan joylarida alkogol va tamaki mahsulotlari iste'molini cheklash bo'yicha vakolatli shaxslar tomonidan (korxona, tashkilot, muassasalarning ma'muriyatlari, shu jumladan jamoat joylarida joylashgan inshoot, bino (imorat), boshqa ob'ektlar hamda transport vositalarining egalari) choralar ko'rilmagani uchun javobgarlikni belgilash”ni nazarda tutuvchi o'zgartish va qo'shimchalar kiritish belgilangan.

    Shu bois, loyihaning 5-moddasi 2-bandini mazkur norma talablariga moslashtirish lozim.

    9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-5656-sonli Farmoniga ko'ra, mahalliy pivo mahsulotlari, ko'piklanadigan va tabiiy vinolarni realizatsiya qilishda ruxsat etish guvohnomasi talab etilmasligi, shuningdek ushbu mahsulotlarni respublika hududiga olib kirishda  va realizatsiya qilishda bir qator yengilliklarni berish belgilangan.

    Mazkur loyihani ishlab chiqishda ushbu Farmon talablaridan kelib chiqib, mahalliy pivo mahsulotlari, ko'piklanadigan va tabiiy vinolarni realizatsiya qilish, reklama qilish hamda ularning o'rovlariga nisbatan talablarni belgilashda soddalashtirilgan tartibni nazarda tutish tavsiya etiladi.

    Bu boradagi faoliyat davom etmoqda.

    SSP Axborot xizmati

    05.12.2019

    15:46

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06