O‘zbekiston-Xitoy biznes forumi hamda B2B formatidagi uchrashuvlarga taklif etamiz.
O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmonlar o‘rtasida 2019 yil 24 dekabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahridagi «Miran International Hotel» mehmonxonasining “Samarqand” zalida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha biznes forum hamda B2B formatida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur forumda 30 ga yaqin Xitoy kompaniyalari ishtirok etadi.
Ushbu forumda ishtirok etish istagidagi mahalliy tadbirkorlik subyektlari o‘z takliflarini (korxona nomi, ishlab chiqariladigan mahsulot nomi, ishtirokchining ism-sharifi, lavozimi, telefon raqami) ilovaga muvofiq shakl asosida 2019 yil 15 dekabr soat 10:00 ga qadar Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi s.azamov@chamber.uz elektron manziliga taqdim etishlarini so‘raymiz.
Forumda mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari o‘z mahsulotlaridan namunalar bilan ishtirok etishlari lozim.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun Palataning Eksportga ko‘maklashishi boshqarmasi ma'sul xodimi S.A'zamovga +99878 150-60-06 (ichki 1851) murojaat qilishingiz mumkin.
SSP Axborot-xizmati
05.12.2019
19:15