SSPda Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a'zosi Jon Desmond Veyverli bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
2019 yil 23 dekabr kuni Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a'zosi Jon Desmond Veyverli bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov Jon Desmondga yaqinda bo'lib o'tgan parlament saylovlarida qatnashgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Uchrashuvda Jon Desmondga respublikada olib borilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlar, shu jumladan pul-kredit siyosati, erkin iqtisodiy zonalar, biznesni yuritish uchun qulay sharoitlar, shuningdek, xorijiy investorlarga beriladigan imtiyoz va preferentsiyalar haqida ma'lumot berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar 4 ta tilda ishlaydigan va 23 ta mintaqani, 228 ta mamlakatni, 25 ta turli sektorlarni o'z ichiga olgan, eksportchilar va importchilar uchun mo'ljallangan yangi elektron platformani amalga oshirish loyihasini ko'rib chiqdilar.
23.12.2019
18:50