SSPda Pokiston Jurnalistlari uyushmasining vitse-prezidenti bilan uchrashuv o'tkazildi
24 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining o'rinbosari Farizshox Usmonov Pokiston Jurnalistlari uyushmasi vitse-prezidenti, urdu tilidagi "Ittehad" gazetasining bosh muharriri Tohir Farrux bilan uchrashdi.
Tohir Farrux O'zbekiston parlamentining Qonunchilik palatasidagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchilar qatoridan joy oldi. U saylov jarayoni haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi, uning xalqaro standartlarga to'la mos kelishi, mutlaqo oshkoralik, halollik, shuningdek, saylovchilarning saylov uchastkalariga to'sqinliksiz kirishini ta'kidladi.
Shuningdek, u O'zbekistondagi iqtisodiy o'sishning ijobiy dinamikasini ta'kidlab, respublika hukumatining iqtisodiyotning turli sohalarini liberallashtirish va xorijiy sarmoyadorlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasidagi sa'y-harakatlarini olqishladi.
Uchrashuv davomida F.Usmanov mehmonlarga Savdo-sanoat palatasining faoliyati, shuningdek, O'zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlar va investorlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berdi.
- Mamlakatda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, asosan, O'zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya jalb etishning jozibadorligini belgilaydi, - dedi Tohir Farrux.
24.12.2019
15:10