Savdo-sanoat palatasi ko’magida Toshkent viloyati hokimining qarori haqiqiy emas deb topildi
“Chinpo’lat qori” xususiy korxonasning qonuniy huquq va manfaatlari Toshkent viloyati hokimining 2019-yil 18 yanvardagi №33-sonli qarori bilan qo’pol ravishda buzilgan.
O’zbekiston Savdo-sanoat palatasining “Chinpo’lat qori” xususiy korxonasing manfaatlarida, javobgar Toshkent viloyati hokimining qarori haqiqiy emas deb topish to’grisidaga arizasi Nurafshon tuman ma’muriy sudi tomonidan to’liq qanoatlantirildi.
Mazkur vaziyat yuzasidan “Chinpo’lat qori” xususiy korxonasi rahbari: “Menga foydali qazilmalar qazib olish uchun berilgan 5.9 gektar yer maydoni 2019-yilda Toshkent viloyati hokimining qarori bilan asossiz ravishda boshqa shaxsga o’tkazib berildi. Shundan so’ng o’z huquqlarimni tiklash maqsadida Savdo-sanoat palatasigaga murojaat qilganimdan so’ng menning murojaatim juda ham qisqa muddatda ko’rib chiqildi va SSP ko’magida ijobiy hal etildi”.
Agarda tadbirkorlar faoliyatida shunga o’xshash muammolar yuzaga kelsa, Savdo-sanoat palatasi barcha imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o’z yordamini berishga tayyor.
Murojaat uchun: : t.me/uzchamber ; @SSP_Press
16.01.2020
19:15