Andijon va Farg'onada “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish jarayonida sertifikatlashtirish va standartlashtirish” mavzusida seminar tashkil etiladi.
Habaringiz bor, joriy yildan Namangan viloyatida BMTTD va O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “Farg'ona vodiysida fermerlarni iqlim o'zgarishi hatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish» loyihasi o'z faoliyatini boshladi. Loyiha qishloq xo'jaligini iqlim o'zgarishiga moslashish usullarini boshqarish va joriy qilish, moslashish bo'yicha bilim va salohiyatni oshirish, aholining iqlim o'zgarishi xavfiga tayyor turishlari uchun ilg'or texnologiyalar va ilg'or tajribalar bilan tanishtirish, ekologik toza mahsulotlarni yetishtirish samarali yondashuvlar kabi tadbirlarni amalga oshiradi.
Shu faoliyat doirasida joriy yilning 28 yanvar kuni Andijon viloyatining Andijon shahrida Savdo-sanoat palatasining konferens-zalida hamda 29 yanvar kuni Farg'ona viloyatining Farg'ona shahrida “Grand Fergana” mehmonxonasida “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish jarayonida sertifikatlashtirish va standartlashtirish” mavzusida seminar tashkil etiladi.
Mazkur seminar qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarining meva - sabzovot mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha bilim va salohiyatlarini oshirishga qaratilgan bo'lib, qishloq xo'jalik mahsulotlarini eksport qilishda sertifikatsiyalash va standartlash talablariga bag'ishlanadi.
Seminar mobaynida mahsulotga importyor davlatlar talab etadigan sertifikatlar haqida tushuncha, ularning turlari, davomiyligi, olish tartiblari kabi masallar bilan tanishtirish ko'zda tutilgan.
Unda Andijon, Asaka, Xo'jaobod, Kuva, Kuvasoy va Oltiariq tumanlaridan, mahsulotini eksport qilishga salohiyati bor agrofirma, klaster va fermer xo'jaliklari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Agar siz ham ushbu seminarda ishtirok etish istagida bo'lsangiz (97) 568-7505 telefon raqamiga qo'ng'iroq qiling.
21.01.2020
12:24