Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda «IITExpo Mumbai 2020» tekstil mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkaziladi.
2020 yil 5-7 mart kunlari Hindistonning Mumbay shahrida Tekstil mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi “IITExpo Mumbai 2020” bo‘lib o‘tadi.
Ma'lumot uchun: Ushbu ko‘rgazmada to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, eksportchilar va to‘qimachilik mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi mahalliy va chet el ishtirokchilari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etadilar.
Shu munosabat bilan, ushbu ko‘rgazmada ishtirok etish istagida bo‘lgan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari ilovaga muvofiq shakl asosida ma'lumotlarni 2020 yil 5 fevralga qadar Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi s.azamov@chamber.uz elektron manziliga taqdim etishlarini so‘raymiz.
Hindistonga kirish vizasi uchun to‘lov, O‘zbekistondan Hindistonga borish uchun aviachipta va kunlik xarajatlar hamda Hindiston ichkarisidagi transportda yurish xarajatlari ishtirokchilarning o‘z hisobidan qoplanadi.
Ko‘rgazmada qatnashish istagidagi nomzodlar ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan tanlab olinadi va tanlab olingan nomzodlarga Hindistondan O‘zbekistonga qaytib kelish bo‘yicha ekonom-klass aviachipta va 2 kun davomida mehmonxona xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
Ishtirokchilar soni chegaralanganligini ma'lum qilamiz.
Qo‘shimcha murojaat uchun Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi mas'ul xodimi A'zamov Sardorga +99878 150-60-06 (ichki raqam 18-51) telefon raqami bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
22.01.2020
15:20