SSPning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi ko‘magida tadbirkorlik subyektining huquq va manfaatlari qayta tiklandi.
Savdo-sanoat palatasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “BEK PARVOZI” MChJ ning qonuniy huquq va manfaatlari Boyovut tuman xokimining 2019 yil 1 maydagi 3393-sonli qarori bilan qonunga zid ravishda buzilganligi aniqlandi va tegishli choralar qo‘rildi.
Ya'ni “BEK PARVOZI” MChJging Savdo-sanoat palatasiga qilgan murojaatiga ko‘ra Boyovut tumani hokimi boshchiligidagi tender komissiya a'zolarining hatti - xarakatlari oqibatida, tenderning rasmiy g‘olibi hisoblanmish “BEK PARVOZI” MChJga 10.9 gektar yer maydoni o‘z muddatida rasmiylashtirilmagan. Oqibatda “BEK PARVOZI” MChJ ning huquq va manfaatlari qonunga zid ravishda buzilgan.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi “BEK PARVOZI” MChJ ning manfaatida javobgar Boyovut tuman xokimining qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasi Boyovut tuman Ma'muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilib to‘liq qanoatlantirilgan va “BEK PARVOZI” MChJga tegishli 10.9 gektar yer maydoni to‘liq rasmiylashtirildi.
Agarda sizning ham tadbirkolik faoliyatingizda shu kabi muammolar yuzaga kelsa o‘z hududingizdagi Savdo-sanoat paltasi yoki Axborot xizmatining @SSP_press telegram akkauntiga murojaat qilishingiz mumkin.
22.01.2020
16:55