Toshkentda "Uzbekistan Agrotech Expo-2016" va "Uzbekistan Agromash Expo-2016" ko`rgazmalari ochildi
31 may kuni poytaxtimizdagi "O'zekspomarkaz" milliy ko'rgazma majmuida, qishloq xo'jaligi uchun texnologiyalar va uskunalarning "Uzbekistan Agrotech Expo-2016" hamda qishloq xo'jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining V - "Uzbekistan Agromash Expo-2016" xalqaro ixtisoslashtirilgan ko'rgazma savdolari ish boshladi. Ushbu ko'rgazmalar 3 iyungacha davom etadi va shubhasiz joriy yilning eng muhim todbirlaridan biri bo'ladi.
Ko‘rgazmalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Fermerlar kengashi tomonidan tashkil etildi.
Mamlakatimiz qishloq xo'jaligi komplekslari oldida turgan muhim maqsadlarni hisobga olgan holda aytish mumkinki, bu kabi tadbirlar juda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahalliy korxonalarda qishloq xo'jalik xom ashyosini qayta ishlashni sezilarli darajada oshirish va chuqurlashtirish hamda bu borada barcha mavjud zahira va imkoniyatlardan foydalanish, qishloq xo'jaligi va qayta ishlash sanoatini zamonaviy, jahon talablari va standartlariga to'la javob beradigan qishloq xo'jaligi texnikasi va uskunalari bilan ta'minlash, sohaga to'g’ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mamlakatimiz ijtimoiy siyosiy rivojlanishing ustuvor yo'nalishlaridan biridir.
Tadbir doirasida yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni keng jalb qilish va ishtiroklarini ta'minlash maqsadida hukumat qaroriga muvofiq milliy ko'rgazma majmui "O'zekspomarkaz" maydonlari ishtirokchilarga bepul taqdim etiladi.
Ko'rgazmada asosiy e'tibor O'zbekistonlik iste'molchilarni texnologiyalar va uskunalarni olishda mavjud moliyaviy imkoniyatlar borasida xabardor qilishga qaratiladi. Bundan tashqari, ko'rgazma doirasida mamlakatimiz fermer xo'jaliklari, agrofirma va kichik korxonalarining xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan o'zaro manfaatli hamkorligini yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan bir qator maxsus tematik seminarlar, ilg'or texnologiyalar va zamonaviy uskunalarning taqdimotlari bo'lib o'tadi.
"Uzbekistan Agrotech Expo-2016" Ko’rgazma-savdo ishida Avstriya, Belgiya, Italiya, Germaniya, Frantsiya, Gollandiya, Koreya, Turkiya, Xitoy, Rossiya va boshqa dunyoning 24 davlatidan 170 dan ortiq ishlab-chiqaruvchi kompaniyalar ishtirok etadilar.
Ко’rgazmada meva sabzavot, go’sht va sut, un va kombikorm, bog'dorchilik va uzumchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qadoqlovchi jihozlar, о’simliklar muhofazasi uchun kimyoviy preparatlar, veterinariya, qorako'lchilik va charm qayta ishlash bo'yicha mini texnika va ixcham uskunalar namoyish qilinadi.
2015 yilgi ko'rgazma-savdo natijalariga ko'ra xorijiy kompaniyalar va respublika tadbirkorlari o'rtasida mini-texnologiyalar, ixcham uskunalar va qishloq xo'jaligi texnikalari sotib olish uchun umumiy qiymati 174,8 milliard so'm bo'lgan 597 ta shartnoma va protokollar imzolandi.
An’anаviy tarzda beshingchi bor o'tkazilayotgan "Uzbekistan Agromash Expo-2016" ko'rgazmasi mamlakatimiz agrosanoat kompleksida yangi texnik yechimlar, shuningdek, jahondagi yirik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini namoyish etish uchun markaziy maydonga aylanadi. Unda dunyoning 10 davlatidan 20 dan ortiq qishloq xo'jaligi texnikalari va uskunalari ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalar hamda respublikamizning OAJ "Agregat zavodi", OAJ "Chirchiqselmash" kabi shuningdek, tijorat banklari va lizing kompaniyalari ishtirok etadilar.
Ko’rgazma ishida Case New Holland, Claas, John Deere, Lemken, MAN, Doosan, Daichi, Deadong kabi jahonga mashhur kompaniyalarning 70 dan ortiq texnika turlari, shuningdek, 21.05.2013 yildagi № 1758 sonli "2012-2016 yillarda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishni yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to'g'risida"gi Prezident Qarori doirasida о’zlashtirilgan qishloq xo'jaligi texnikalari namoyish etiladi.
Ko‘rgazmalarning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.Rozuqulov so‘zga chiqdi.
31.05.2016
15:29