Dehlida "Hindiston - Markaziy Osiyo" ishbilarmonlar kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi
Bugun, 6-fevral kuni Dehlida (Hindiston) "Hindiston-Markaziy Osiyo" ishbilarmonlar kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Hindiston SSP prezidenti S.Reddi, O'zbekiston Respublikasi SSP raisi A. Ikromov, Qozog'iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining maxsus elchisi B.Sarsenbaev, Tojikiston Respublikasi SSP raisining o'rinbosari O. Sanogov, Turkmanistonning Hindistondagi elchisi Sh.Geldynazarova, Qirg'iziston Respublikasi SSP vakili B.Kalibek uglu tabrik nutqlari bilan ishtirok etishdi.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha tomonlar ish qoidalari va Ishbilarmonlar kengashining qo'shma deklaratsiyasi to'g'risida kelishib oldilar.
O'zbekiston Respublikasi SSP raisi A. Ikromovning Hindistonga tashrifi davom etmoqda.
06.02.2020
13:45