Hindiston tashqi ishlar vaziri «Hindiston-Markaziy Osiyo» ishbilarmonlar kengashi delegatsiyasi bilan uchrashdi
Hindiston tashqi ishlar vaziri V.Muraleedxaran o'zining Twitterida “Hindiston va Markaziy Osiyo” Ishbilarmonlar kengashi delegatsiyasi bilan uchrashishdan mamnun ekanligini ta'kidladi.
V.Muraleedharan: "Ushbu uchrashuv davomida mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish bo'yicha aniq harakatlar rejalarini ishlab chiqish, aloqalar, shu jumladan havo yo'laklari aloqalarini yaxshilash, Hindiston va Markaziy Osiyo o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda kichik va o'rta korxonalarning rolini oshirish zarurligi haqidagi masalalar muhokama qilindi"
08.02.2020
09:58