• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 

    Shu kunlarda xalqimiz Vatanimizning ko‘p asrlik shonli tarixida mutlaqo yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish yo‘lini ochib bergan buyuk tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25-yilligini munosib kutib olish va tantanali ravishda nishonlash uchun har tomonlama qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

    Biz uchun haqiqatan ham eng ulug‘, eng aziz ayyom bo‘lgan bu qutlug‘ sana o‘tgan tarixan qisqa davrda bosib o‘tgan g‘oyat og‘ir va murakkab, shu bilan birga, sharafli yo‘limizni, amalga oshirgan keng ko‘lamli islohotlarimiz samarasini, qo‘lga kiritgan ulkan marra va yutuqlarimizni tanqidiy ko‘z bilan sarhisob qilish, oldimizga qo‘ygan oliy maqsad – eng taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishda, hech shubhasiz, muhim ahamiyat kasb etadi. 

    Biz bundan 25-yil oldin o‘z mustaqilligimizni qo‘lga kiritib, avvalo milliy davlatchiligimizni tiklaganimiz, jahondagi mustaqil va suveren davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallaganimiz, o‘zini oqlamagan eski, mustabid tuzumdan butunlay voz kechib, chuqur o‘ylangan, milliy manfaatlarimizga to‘la javob beradigan islohotlarga asoslangan, butun dunyoda “o‘zbek modeli” degan nom bilan tan olingan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirganimiz bugungi kunda biz tanlagan, o‘zimizga xos va o‘zimizga mos rivojlanish yo‘lining naqadar to‘g‘ri va hayotiy ekanini tasdiqlab bermoqda. 

    Buning amaliy isbotini mamlakatimizning qudrati va iqtisodiy salohiyati tobora ortib, yalpi ichki mahsulotimizning o‘sish sur’atlari oxirgi 11-yil davomida jahondagi sanoqli davlatlar qatorida 8 foizdan kam bo‘lmasdan kelayotganida, aholimizning hayot darajasi va sifati yuksalib borayotganida yaqqol ko‘rish mumkin. 

    Ko‘pni ko‘rgan, mehnatkash va olijanob xalqimizning mardligi va matonati evaziga erishayotgan bunday marra va natijalar Vatanimizning obro‘sini yanada yuksaltirib, ko‘pchilik mamlakatlarni qoyil qoldirayotgani va ularning havasini uyg‘otayotganini kuzatish qiyin emas. 

    Oldin tasavvur qilish ham qiyin bo‘lgan bunday olamshumul natijalarning asosiy omilini avvalambor taraqqiyot yo‘limizda to‘siq bo‘lgan turli qiyinchilik, yetishmovchilik, og‘ir va mashaqqatli sinovlarni yengib o‘tishda odamlarimiz, butun xalqimizning dunyoqarashi, mehnatga, hayotga munosabati o‘zgarib, ularning siyosiy ongi, ijtimoiy faolligi, yon-atrofdagi voqealarga daxldorlik hissi tobora kuchayib borayotganida ko‘rish darkor. 

    Eng muhimi, ertangi kunimizning tayanchi va suyanchi bo‘lmish yosh avlodimizning yangicha, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, shu yurtning haqiqiy egasi, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir insonlar bo‘lib voyaga yetayotganini alohida ta’kidlash zarur. Ayni shunday yoshlarni, aytish mumkinki, hal qiluvchi kuch sifatida tayyorlashni o‘zimizning ustuvor vazifamiz deb kun tartibiga qo‘yganimiz vaqt o‘tishi bilan naqadar uzoqni ko‘zlagan tarixiy qadam bo‘lgani tobora ayon bo‘lmoqda. 

    Mamlakatimiz tarixida yangi sahifa ochgan O‘zbekistonimiz mustaqilligining 25-yilligini munosib kutib olish, o‘tgan davr mobaynida ona yurtimiz, barcha viloyat, shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tobora ochilib, go‘zal bo‘lib borayotganini, shu zaminda yashayotgan insonlarning kayfiyati, bugungi hayotdan roziligini, ertangi kunga ishonchini, barcha sohalarda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli ishlarimizning mohiyati va ahamiyatini yurtimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish, vatandoshlarimizni yangi marralar sari ruhlantirish maqsadida: 

    1. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

    2. Respublika komissiyasi bir hafta muddatda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin. 

    3. Mazkur dasturni tayyorlashda quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish tavsiya etilsin: 

    mustaqillik hayotimizning ma’no-mazmunini tubdan o‘zgartirib, xalqimizni qaramlik kishanlaridan ozod qilgani, toptalgan qadriyatlarimiz, dinu diyonatimiz, oru nomusimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, farovon hayot va yorug‘ kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurish yo‘lida beqiyos imkoniyatlar ochib berganini keng yoritish; 

    mamlakatimiz suverenitetining iqtisodiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan eng muhim strategik dasturlar, jumladan, O‘zbekistonning g‘alla mustaqilligi, yoqilg‘i-energetika, transport-kommunikatsiya sohasidagi mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, zamonaviy korxonalar barpo etish va ularni ilg‘or texnika va texnologiyalar bilan jihozlash borasidagi ulkan ishlarning ma’no-mazmunini aniq misollar orqali ko‘rsatib berish; 

    yurtimizning ilgarigi qoloq, iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligi halokatli darajada avj olgan agrar o‘lkadan bugungi kunda izchil taraqqiy etib borayotgan zamonaviy industrial mamlakatga aylanganini chuqur tahliliy asosda talqin qilish. Bu borada iqtisodiyotda sanoatning ulushi 34 foizga yetgani, eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etayotgani ko‘p narsadan dalolat beradi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizda yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan neft va gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, avtomobilsozlik, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika, farmatsevtika, yuqori texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati kabi soha va tarmoqlarning jadal rivojlanayotgani bilan bog‘liq fakt va raqamlarga alohida urg‘u berish; 

    mustaqillik yillarida iqtisodiyotimiz qariyb 6 barobar, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar 12 barobardan ziyod oshgani, oltin-valyuta zaxiralarimiz barqaror sur’atlar bilan ko‘payib borayotgani misolida keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarimizning amaliy samarasini ko‘rsatish; 

    oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erishish yo‘lida mamlakatimizning xalqaro maydonda raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiyotimizni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan taraqqiyotimizning lokomotivi bo‘lgan yetakchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish, iqtisodiyotimizda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirib borish, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilgan xususiy mulkning ustuvorligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining samarasini yanada kuchaytirish kabi o‘ta muhim yo‘nalishlarning ahamiyatini jamoatchiligimizga, xalqimizga sodda va ta’sirchan usullarda yetkazish. Jumladan, 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod ko‘paytirish, iqtisodiyotimiz tarkibida sanoatning ulushini 40 foizga yetkazish bo‘yicha belgilab olingan aniq reja va dasturlarni amalga oshirish uchun, hali-beri davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirlariga qaramasdan, qat’iyat bilan ilgarilab borishimizga asos bo‘layotgan mezon va omillarning mohiyatini ochib berish; 

    qishloq xo‘jaligi sohasida mutlaqo yangi iqtisodiy munosabatlar joriy etilib, fermerlik harakati uchun katta imkoniyatlar yaratilgani, hozirgi kunda fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 90-92 foizini yetkazib berish bilan birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy harakatga va yetakchi kuchga aylanib borayotganini keng yoritish; 

    yurtimiz aholisining asosiy oziq-ovqat tovarlari, avvalo don, kartoshka, go‘sht, sut va qandolat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji 1990-yilda import hisobidan qoplangan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ularning 96 foizi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotganini; 

    o‘tgan davr mobaynida aholi jon boshiga go‘sht iste’moli 1,4 barobar, sut va sut mahsulotlari – 1,5 karra, kartoshka – 1,9-marta, sabzavot – 2,6 barobardan ortiq, meva 6,3-marta ko‘paygani va boshqa hayotiy misollarni mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning mustahkam poydevori sifatida aks ettirish;

    mustaqillikka qadar yurtimizda umuman mavjud bo‘lmagan, bugungi kunda esa jamiyatimizning qudratli tayanchiga aylanib borayotgan o‘rta sinf – mulkdorlar sinfining jadal rivojlanib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56,5 foizga yetgani, ayni shu tarmoqda ish bilan band aholining 77,9 foizi mehnat qilib, mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotganini tahliliy asosda ko‘rsatish; 

    jamiyatimiz hayotini butunlay o‘zgartirgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish va boshqa umummilliy dasturlarimizni amalga oshirish natijasida mamlakatimizda o‘n ikki yillik majburiy va bepul, umumiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga, ikki bosqichli oliy ta’lim tizimiga asos solinib, zamonaviy yangi avlod kadrlarini tarbiyalash uchun mustahkam poydevor yaratilgani O‘zbekistonimizning jahon maydonida raqobatdoshligini ta’minlashning ishonchli zamini bo‘lib xizmat qilayotganini teran ifoda etish; 

    biz uchun o‘ta muhim bo‘lgan sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport sohalarini rivojlantirish, keksa avlod vakillari, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish uchun amalga oshirilayotgan ulkan ishlarga alohida ahamiyat berish. Jumladan, davlat byudjetimizning sotsial sohalarga yo‘naltirilgan yillik xarajatlari izchil oshib borayotganini, birgina 2015-yilda ushbu raqam 60 foizdan ortganini bu boradagi keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy natijasi sifatida ko‘rsatish; 

    yosh avlodimizni sog‘lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining mohiyatini, xususan, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan barcha viloyat, shahar va tumanlarimizda 300 ga yaqin musiqa va san’at maktablari, 1 ming 900 dan ziyod sport inshootlari bunyod etilgani, so‘nggi o‘n yilda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sport bilan muntazam shug‘ullanish darajasi 30 foizdan 57 foizga, qizlar o‘rtasida 24 foizdan 47 foizga yetgani va boshqa misollar asosida ana shunday amaliy ishlarimizning ahamiyatini atroflicha yoritib berish; 

    yurtimiz mustaqilligi, uning xavfsizligi va hududiy yaxlitligining ishonchli kafolati bo‘lgan Qurolli Kuchlarni isloh qilish va milliy armiyamizning salohiyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan, ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ulkan o‘zgarishlar bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib borish; 

    bugun biz boshimizdan kechirayotgan o‘ta tahlikali zamonda, yon-atrofimizda turli tahdid va xatarlar kuchayib borayotgan bir sharoitda eng katta va bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik va osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrash, millatlar va fuqarolararo do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, doimo hushyor va ogoh bo‘lib, tinchlik uchun kurashib yashash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini chuqur ochib berish; 

    O‘zbekistonning xalqaro maydonda olib borayotgan, yaqin va uzoq qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona aloqalar, o‘zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosatini, dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan qarama-qarshilik va to‘qnashuvlarni faqatgina siyosiy muzokaralar, tinchlik yo‘li bilan hal etish haqidagi yondashuv va qarashlarining mazmun-mohiyatini atroflicha yoritish. Xususan, mamlakatimizning hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmasligi, yurtimiz hududida chet davlatlarning harbiy bazalari joylashtirilishiga, harbiylarimizning xorijiy mamlakatlardagi jangovar operatsiyalarda qatnashishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qonuniy asosda belgilab olingan qat’iy pozitsiyasini keng jamoatchilikka yetkazish. 

    4. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25-yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab aholining keng qatlamlari o‘rtasida uchrashuv va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar o‘tkazish maqsadida taniqli olimlar, adiblar va san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot guruhlari tashkil etilsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishi ta’minlansin. 

    5. Bayram tantanalari arafasida foydalanishga topshiriladigan ishlab chiqarish, ijtimoiy-madaniy obyektlarni o‘z vaqtida ishga tushirish choralari ko‘rilsin. 

    6. Respublika komissiyasi o‘z yig‘ilishlarida belgilangan chora-tadbirlar markazda va joylarda qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlari hisobotini muntazam ravishda eshitib borsin. 

    7. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Tasviriy oyina”, Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalari, Badiiy akademiya va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda “Istiqlol farzandlari” va “Kelajak bizniki, marra bizniki!” deb nomlangan yoshlar festivallarini, “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” respublika do‘stlik va madaniyat festivalini, “Milliy g‘oya – bizning g‘oya” ilmiy-amaliy anjumanini, shuningdek, yurtimiz mustaqilligini tarannum etadigan eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari uchun “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika tanlovining yakuniy bosqichini hamda “Eng ulug‘, eng aziz”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Ranglar jilosida – ona diyor madhi”, “Seni kuylaymiz, zamondosh!”, “Istiqlol solnomasi”, “Bu – mening Vatanim” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlarning yuqori darajada o‘tkazilishini ta’minlasin. 

    8. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari: 

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda xayriya mablag‘lari hisobidan; 

    Toshkent shahrida respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi. 

    9. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin. 

    10. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 


    O‘zbekiston Respublikasi 
    Prezidenti I.Karimov
     

    Toshkent shahri, 
    2016-yil 2-iyun 

    03.06.2016

    10:21

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06