Jizzax viloyatida «Tadbirkorlik asoslari» o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 3-7 fevral' kunlari Jizzax viloyati Zarbdor tumanida «Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish» bo‘yicha o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PF-5016-sonli Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda, 2017 yilning 1 iyunidan boshlab har bir tumanda xususiylashtirilgan ob'ektlar negizida loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish belgilangan. Mazkur qarorning ijrosini to‘laqonli ta'minlash maqsadida Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi Jizzax filiali tomonidan Zarbdor tumanida “Tadbirkorlik asoslari” o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek ushbu o‘quv kursda Zarbdor tuman Xokimining birinchi o‘rinbosari D. Raxmatullaev “Hududlarda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yaratilgan tashkiliy jihatlari va qo‘llab-quvvatlash tadbirlari” mavzusida ma'ruza qildi. Shu qatorda o‘quv kursda Zarbdor tuman iqtisod boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Mamirov, viloyat moliya boshqarmasi mutaxassisi Z.Mamadaliev, Zarbdor tuman Davlat xizmatlari bosh mutaxassisi E.Mamatkulov, viloyat “Mikrokredit” bank amaliyot bo‘limi boshlig‘i M.Yusupov, Bojxona boshqarmasi katta inspektori B.Samadov, viloyat Davlat aktivlari boshqarmasi mutaxassisi D.Babanov va boshqa mutaxassislar eshtirok etishib, yoshlarimizga ma'ruza qilishdi va savollarga javob berishdi. O‘quv kursda 40 nafar tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarimiz qatnashishdi.
10.02.2020
16:04