SSP tashabbusi bilan Buxoro tuman tadbirkor va fermerlar delegasiyasi Turkiya safarida bo‘ldi
O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan 27 yanvar - 3 fevral kunlari 22 nafar tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari rahbarlaridan iborat delegatsiyasi Istanbul hamda Bursa shaharlaridagi rivojlangan sanoat va to‘qimachilik korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida xizmat safarlarida bo‘lib qaytishdi.
Delegatsiya a'zolari 29 yanvar kuni Istanbul "To‘quvchilik va Kiyim-kechak Eksport Qiluvchilar Uyushmasi" rahbari va a'zolari "ASYA", "SENER", "YILMAZ" kompaniyalar rahbariyati bilan B2B formatdagi uchrashuvlar tashkil etildi. Delegasiya a'zolari uyushma tarkibiga kiruvchi "UGUR" hamda "MAY" kompaniyalarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar va o‘zaro tajriba almashdilar.
O‘zbekiston delegasiyasi tashrifining 30-31 yanvar' kunlari Bursa savdo-sanoat palatasida mehmon bo‘lib, shahardagi to‘qimachilik, intensiv bog‘lar hamda issiqxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Va muzokaralar natijasida Buxoro tumanidagi "Arbob Husen Gadoy" fermer xo‘jaligi Bursaning "S.S.Kestel Sus Bitkileri Ve Meyva" shirkati bilan 65 000 dollariga 20 000 dona intensiv pakana meva ko‘chatini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Delegasiya a'zolari 1-2 fevral' kunlari Istanbul shahrida xam tashrif buyurishdi. Ular "EMITT 2020" 24-Sharqiy O‘rta yer dengizi xalqaro sayyohlik va turizm ko‘rgazmasida ishtirok etib, sohani rivojlantirish bo‘yicha jahon tajribasi bilan yaqindan tanishib qaytdilar.
Bu boradagi hamkorlik aloqalar davom etadi. Bizni kuzatib boring.
10.02.2020
16:14