Samarqand viloyatida «Tadbirkorlik asoslari» o‘quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda.
Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan joriy yilning 10- 14 fevral kunlari Samarqand viloyatida «Tadbirkorlik asoslari» o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.
“Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi” Samarqand viloyat filiali tomonidan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar xuquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida 22 soatlik o‘quv seminarlarini o‘tkazib kelmoqda.
Navbatdagi o‘quv seminari Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani Milliy xunarmandchilik kollejida o‘tkazilmoqda. O‘quv seminarining birinchi kunida “Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi” Samarqand viloyat filiali raxbari N.Bobokalonov, Samarqand viloyat iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi xodimi A.Po‘latov, Bulung‘ur tuman Davlat xizmatlari markazi direktori T.Mamayakubovlar qatnashib seminar ishtirokchilariga o‘zlarining sohalarida bo‘layotgan yangiliklarni ma'ruza qildilar. O‘quv seminarda 59 nafar tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi axolilar qatnashishdi. Seminar ishtirokchilari sohaga oid savollarga javoblar oldilar.
Mazkur o‘quv seminarlari 2020-yilning 14 fevralga qadar Samarqand viloyatining barcha tumanlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
10.02.2020
19:16