Buxoro viloyatida «Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam» seminar dasturi bo‘lib o‘tdi.
Savdo sanoat palatasi tashabbusi bilan joriy yilning 10 fevral' kuni Buxoro viloyatida «Tadbirkorlik asoslari» seminar dasturi tashkil etildi.
Seminar Vobkent Kosari m.f.y hududi aholi va tadbirkorlari uchun Vobkent tuman Kosari m.f.y hududida joylashgan Iqtisodiyot kolleji binosida aholi,tadbirkorlar uchun Biznesni yaratishda 7 Qadam dasturi bo‘yicha tashkil etildi.Seminarda Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika markazi Buxoro filiali raxbari Rustam Naimov tadbirkorlar uchun zarur bo‘lgan G‘oya tanlash va Biznes reja tuzish mavzularida ma'ruza o‘tdi. Vobkent tuman hokim o‘rinbosari Malikov Matyoqub Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash,ularni himoya qilish bo‘yicha tushunchalar berdi.Vobkent tuman Iqtisodiyot va Sanoat boshqarmasi rahbari Isroilov Azizbek Tadbirkorlik qonunchilik asoslari mavzusida,Vobkent tuman Davlat xizmatlari markazi xodim Jo‘raeva Mohira Tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish va Kommunikasiyalarga ulanish mavzusida,Vobkent tuman Soliq inspeksiyasi xodimi Mirzoev Mo‘minmirzo Soliqdagi o‘zgarishlar va imtiyozlar mavzusida,Vobkent tuman Xalq banki kredit bo‘limi boshlig‘i Rajabov Quvondiq Tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar turlari mavzusida,Vobkent Pensiya Jamg‘armasi rahbari Vohidov Islom Pensiya jamg‘armasi faoliyati haqida ma'ruzalar o‘tishdi.Seminarning oxirida tinglovchilar bilan savol-javoblar o‘tkazildi.
Vobkent tumani Kosari m.f.y dan 100 nafardan ziyod aholi va tadbirkorlar qatnashdi.Buxoro filiali 2020 yilda o‘quv kursida qatnashadigan tinglovchilar sonini 2.5 baravarga oshirib yil davomida 5282 nafar aholi,tadbirkor va yoshlarni qamrab olishni rejalashtirgan.
10.02.2020
19:28