Boshqirdiston Respublikasi delegatsiyasining Samarqanddaga tashrifi doirasida 1.8 mln. AQSh dollarlik shartnoma imzolandi.
Joriy yilning 11-12 fevral kunlari boshqaruv tizimini shakllantirish, klasterlarni yaratish va rivojlantirish tajribasini o‘rnatish maqsadida Boshqirdiston Respublikasi Savdo va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Davlat Qo‘mitasi raisi Aleksey Gusev boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Samarqand xalqaro aeroportida mehmonlarni Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Yuldashev kutib oldi.
Tashrif doirasida delegatsiya vakillari Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish korxonalari, intensiv bog‘lar va meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalari faoliyati bilan tanishtirildi.
Boshqirdiston Respublikasi delegatsiyasi shuningdek, Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida bo‘ldi. Ular Savdo-sanoat palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini korib chiqdilar va kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini belgilab oldilar.
Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida “Siyob Shavkat Orzu” fermer xo‘jaligi (O‘zbekiston) va “Sentr Pitaniya” MChJ (Boshqirdiston) korxonalari o‘rtasida quruq meva mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan 1.8 mln. AQSh dollarlik shartnoma imzolandi.
12.02.2020
16:57