Xududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda
O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Ergashev, SSP Ijro etuvchi qo‘mitasi Boshqarma boshlig‘i D.Hamraev hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish holatini o‘rganish va Bosh Vazir qabulxonalari, Xalq qabulxonalari faoliyati bilan tanishib chiqish maqsadida Toshkent viloyatining Zangiota, Toshkent, Piskent tumanlari va Nurafshon shahriga tashrif buyurdi.
Tanishuv davomida tuman va shahar miqyosida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy davlatlar tajribasi asosida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, SSPning Tadbirkorlikka ko‘maklashish Markazlari tomonidan kichik va o‘rta biznes vakillari manfaatlarini himoya qilish va ularga ko‘maklashish yo‘lida amalga oshirayotgan ishlari tahlil qilindi. Tashrif so‘ngida kerakli tafsiyalar ishlab chiqildi.
Hududlarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va mamlakatimizda biznes muhitini yanada yaxshilash yo‘lida o‘tkazilayotgan ishchi tashriflar boshqa hududlarda ham davom etadi.
12.02.2020
17:06