Savdo-sanoat palatasida ekspertlar kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
2020 yil 14 fevral kuni soat 16:00 da Savdo-sanoat palatasi binosida Tashqi reklama sohasida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan manfaatdor vazirlik va idoralar hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi huquqiy masalalar bo‘yicha Ekspert kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Barcha tadbirkorlik subyektlarini Ekspert kengashi yig‘ilishida faol ishtirok etishga chaqiramiz.
13.02.2020
18:13