SSP tomonidan tuman va shaharlarda tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganib chiqilmoqda.
Ma'lumki, Respublikamizda tadbirkorklikni yanada rivojlantirish, ularga keng imkoniyat va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda Savdo-sanoat palatasi va uning tarkibiy tuzilmalari tegishli hududiy hokimliklar va idoralar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning muammo va masalalarini ko‘rib chiqish, hal etish va ularga xizmat ko‘rsatishda Davlat xizmatlari, Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari hamda Bosh vazirning joylardagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarining o‘zaro hamkorligi hamda joylashuvi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu asosda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019 yil 18 dekabrdagi 28731-xh-sonli topshirig‘iga asosan, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari binosida Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari joylashtirish vazifasi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining boshqarma boshlig‘i D.Xamraev va Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i S. Ergashevlar Toshkent viloyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning PF-5087-son Farmoni talabidan kelib chiqib, tadbirkorlarga biznes-xizmatlaridan bir joyning o‘zida foydalanish imkoniyatini yaratish, Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari va Davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlarini qo‘shma joylashtirish orqali tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarni Toshkent viloyatining Yangiyul shahar, Yangiyo‘l tuman, Zangiota, Quyichirchiq, O‘rtachirchiq, Nurafshon, Pskent, Chinoz, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on va Toshkent tuman (shahar)larida o‘rganib chiqishdi.
O‘rganish jaryonida, Savdo-sanoat palatasi tumanda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishda qulay imkoniyatlar yaratish va ortiqcha ovoragarchiliklarsiz biznes xizmatlaridan foydalanish tashkil etish va Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari rahbarlarining vakant ish o‘rinlari salohiyatli yetuk kadrlarni tavsiya qilish va tayinlash masalasi hokimlik mutassadilari bilan kelishilgan holda ko‘rib chiqildi.
Bu kabi tadbirlar respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
14.02.2020
15:35