Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikka o‘qitish asoslari mavzusi doirasida seminar tashkil qilindi.
Joriy yilning 21 fevral kuni Surxandaryo viloyati Qiziriq tumani Hokimiyati binosida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g‘risida" 2019 yil 14 maydagi PF-5718-son Farmoni mazmun va mohiyatini keng tushuntirish va joylarda uchrashuvlar o‘tkazish bo'yicha seminar tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda viloyat xokiming birinchi o'rinbrsari R.Pardaev hamda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari J.Mamajanov, Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'qitish Respublika markazi direktori U.Kamaletdinov, Boshqarma boshlig‘i A.Turxalov va boshqa vazirliklardan vakillar ishtirok etishdi.
Mazkur seminarda tadbirkorlar, yoshlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishdi. Ishtirokchilarga mutasaddi xodimlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati va uning afzalliklari haqida batafsil tushunchalar berilib, bir qator savollarga javob berildi.
22.02.2020
21:21