Aholi va tadbirkorlar uchun o‘quv kurslari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida joriy yilning 10-14 fevral' kunlarida «Tadbirkorlik asoslari» mavzusida Qo‘ng‘irot sanoat kasb-hunar kollejida navbatdagi o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminarda Qo‘ng‘irot tumani hokimining o‘rinbosari Tursinbekov Berdax “Hududlarda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yaratilgan tashkiliy jihatlari va qo‘llab-quvvatlash tadbirlari” hamda «Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam» mavzularida Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari Rzaeva Gul'zira ma'ruza qilishdi.
10 fevraldan 14 fevralga qadar o‘quv seminarida Iqtisodiyot va sanoat bo‘limi bosh mutaxassisi O.Abdullaeva, Davlat xizmatlari markazi bo‘limi boshlig‘i J.Kurbaniyazov, AT «Xalk bank» tuman filiali bo‘limi boshlig‘i M.Abilov, tuman moliya bo‘limi mudiri O.Molbaev, Qo‘ng‘irot tumani Davlat soliq inspeksiyasi DUK boshlig‘i Z.Abduraxmanov, bojxona boshqarmasi «Qo‘ng‘irot» posti kata inspektori B.Kaljanov, «Yoshlar ittifoqi» tuman jamg‘armasi mutaxassisi A.Kuuatbaev, O‘zlidep Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tuman apparati boshlig‘i o‘rinbosari Z.Turebaeva, FVV tuman bo‘limii boshlig‘ining o‘rinbosari M.Xalmuratov, tuman yer resurslari va kadastr bo‘limi boshlig‘i R.Davlet'yarov va Qo‘ng‘irot tumani Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi (TKM) boshlig‘i Allambergenov A. o‘z sohalari bo‘yicha ma'ruza qilishdi.
O‘zbekiston Respublikasi tovar xomashyo birjasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali makleri U.Oteniyazov «Xomashyo va resurslardan foydalanish xuquqini olish va elektron savdo» buyicha ma'ruza qilib tushintirib xamda berilgan savollariga batafsil javob berdi. «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ Qo‘ng‘irot tumani filiali boshligi Yu.Narbaev tadbirkorlik faoliyatini yuritishda sug‘urta turlarining axamiyati haqida tushintirish berdi.
Davlat aktivlarini boshqarish Agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘limi bosh mutahassisi D.Xalmuratov tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh yer uchastkalarini sotib olishda «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionida ishtirok etish shartlari bo‘yicha seminar ishtiroqchilariga ma'ruza qildilar.
Bugungi kunda Kapital bozorini rivojlantirishga oid amalga oshirilayotgan ishlar, qonunchiliklarga kiritilayotgan o‘zgartishlar, fond bozorining istiqbollari, qimmatli qog‘ozlar chiqarish orqali aholining erkin mablag‘larini investisiyaga jalb qilish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida Kapital bozorini rivojlantirish Agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi xududiy boshkarmasi boshligi T.Ganiev to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, aksiyalar sotilishidan tushadigan mablag‘lar aksiyadorlik jamiyatlari taraqqiyotiga sarflansa, ikkinchi tomondan, ularni xarid qilgan investor jamiyat aksiyadori sifatida o‘z aksiyalari bo‘yicha daromad-dividend olish, jamiyatni boshqarishda qatnashish va qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi haqida T.Ganiev aytib o‘tdi.
O‘quv kursi yakunida 51 nafar tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarimiz va tadbirkorlar qatnashishdi va ularga sertifikatlar topshirildi.
Tashkil etilgan o‘quv kursi jarayonlarida aholi va tadbirkorlar uchun “Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish” o‘quv kurslarini yanada takomillashtirish bo‘yicha doimiy so‘rovnomalar o‘tkazilib boriladi.
24.02.2020
13:05