Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik tashabbuslarini ko‘llab-kuvvatlash maqsadida “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” mavzusida 2ta o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida tadbirkorlik tashabbuslarini ko‘llab-kuvvatlash va aholining keng qatlamini ruhlantirish va ularning moliyaviy savodhonligini oshirish maqsadida “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” mavzusida 2020 yil 18-19 fevral' kunlari “Mo‘ynoq” va “Doslik” maxalla fuqarolar yig‘inlarida 2ta o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi.
Mo‘ynoq tumanida 18 fevral' kuni “Mo‘ynoq” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun tumandagi 9-sonli maktabda “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” dasturi bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi. Ushbu seminarda jami 112 nafar tinglovchilar qatnashdilar. O‘quv seminari doirasida «Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam» mavzusi bilan Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘i G.Rzaeva ma'ruza qildi va respublikada aholini tadbirkorlik asoslariga o‘qitish va sohaga yo‘naltirishni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar xaqida tushuncha berdi. Mo‘ynoq tumani Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi (TKM) boshlig‘i A.Sharapatdinov Savdo-sanoat palatasiga a'zolik masalasi buyicha to‘xtab o‘tti va tanlangan faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha biznesni tashqil etish asoslari to‘g‘risida tushintirib berdi va TKM tarafidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan yoki o‘z faoliyatini boshlash niyatida bo‘lgan tashabbuskorlar uchun barcha masalalar bo‘yicha ko‘makdosh bo‘lishni va yuzaga keladigan har qanday muammoni hal qilishda amaliy yordam berishga tayyor ekanligi haqida ma'lumot berdi. Mo‘ynoq tumanida ham tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirililganligi haqida gapirib o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi tovar xomashyo birjasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali makleri U.Oteniyazov «Xomashyo va resurslardan foydalanish xuquqini olish va elektron savdo» buyicha ma'ruza qildi xamda berilgan savollarga batafsil javob berdilar.
Mo‘ynoq tumani «Doslik» mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun shu kuni seminar tashkil etildi hamda unda 46 nafar tinglovchilar qatnashdi.Seminarda «Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam» mavzusi bilan Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘i G.Rzaeva ma'ruza qildi va Mo‘ynoq tumani Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi (TKM) boshligi A.Sharapatdinov o‘zining ma'ruzasi bilan ishtiroq etib, tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Shuningdek, seminar doirasida Qoraqalpog‘iston RespublikasiR Bojhona boshqarmasi “Ko‘ng‘irot” TIF inspektor S.Dauenov “Tashqi iqtisodiy faoliyat. Eksport va import operatsiyalari” bo‘yicha tushintirish berdi.
Mashg‘ulotlar qizg‘in tarzda o‘tkazilib, shu maxalla vakillari Rispanov A., Orazalieva G., Nurjanov G., Kurbaniyazov J., A.Esemuratovlar tomonidan biznesning huquqiy jihatlari, soliq tizimidagi imtiyozlar, ishchilarni ishga olishda mehnat munosabatlari, eng kam oylik ish haqi miqdori, boj to‘lov stavkalari va tartibi, imtiyozli kreditlar, tabiiy gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan uzluksiz ta'minlashdagi muammolar va shunga o‘xshash juda ko‘plab bergan savollariga batafsil javob oldilar.
24.02.2020
13:14