SSP Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan "Tadbirkorlikka o‘qitish asoslari" o‘quv kursi tashkil etildi
Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tasarrufidagi Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi Piskent tuman bo‘linmasi "Tadbirkorlikka o‘qitish asoslari" mavzusida o‘quv kursini tashkil etdi.
Master-klass tarzida o‘tkazilgan o‘quv kursi Davlat xizmatlari markazining yetakchilari, Davlat soliq boshqarmasi mutaxassislari va Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi vakillari bilan xamkorlikda olib borildi.
Unda byudjet tashkilotlari xodimlari bilan bir qatorda, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholi vakillari ham ishtirok etishdi.
Mazkur o‘quv kurslarini doimiy ravishda, yil davomida o‘tkazish rejalashtirilgan.
24.02.2020
13:28