Tadbirkorlar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi himoyasida
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga Palata a'zosi bo‘lgan «MIR SOLAR» MChJ ariza bilan murojaat qilgan. Taqdim etilgan xujjatlarga ko‘ra Toshkent shahar hokimligi Idoralararo komissiyasining 2017 yil 28 dekabrdagi 04-3002-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ralgan.
Ariza va unga ilova qilingan xujjatlarni o‘rganib chiqish natijasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan qarorni ixtiyoriy bekor qilish haqida Toshkent shahar hokimligining Idoralararo komissiyasiga murojaat yuborildi va ijobiy hal etilmaganligi sababli uni haqiqiy emas deb topish haqidagi ariza bilan Chilonzor tuman ma'muriy sudiga ariza berilgan.
Chilonzor tuman ma'muriy sudining hal qiluv qarori bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasining talablarini qanoatlantirish rad etildi.
Sudning qaroridan norozi bo‘lib O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar ma'muriy sudiga apellyasiya shikoyati berildi va birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bekor qilinib “Avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan ob'ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari mulkdorlari tomonidan Investision loyihalarni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik to‘g‘risida”gi Idoralararo komissiyasining qarori haqiqiy emas deb topildi hamda tadbirkorlik sub'ektidan noqonuniy tarzda 34 mln. so‘m undirilishining oldi olindi.
24.02.2020
13:50