Litsenziyalar va ruxsatnomalarni qisqartirish bo‘yicha yig‘ilishlar grafigi
Savdo-sanoat palatasi tomonidan joriy yilning mart oyida litsenziyalar va ruxsatnomalarni qisqartirish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari bilan yig‘ilishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur yig‘ilishlar 2020 yilning 2 mart kunidan boshlab 13 martaga qadar davom etadi.
Tadbir quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilishi kutilmoqda:
- 2020 yilning 2 mart kuni – “Xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari” – nodavlat ta'lim, savdo, umumiy ovqatlanish, OAV faoliyati yo‘nalishlari;
- 2020 yilning 4 mart kuni – “Bank-moliya sohasidagi tadbirkorlik subyektlari” – bank, mikrokredit tashkilotlar, qimmatli qog‘ozlar bozori, sug‘urta, auditorlik, lotoreya faoliyati yo‘nalishlari;
- 2020 yilning 6 mart kuni – “Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari” – bojxona, transport, tashqi savdo, turizm faoliyati yo‘nalishlari;
- 2020 yilning 6 mart kuni – “Tibbiyot sohasidagi tadbirkorlik subyektlari” - sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, veterinariya faoliyati yo‘nalishlari;
- 2020 yilning 13 mart kuni – “Boshqa sohalardagi tadbirkorlik subyektlari” – qurilish, rieltorlik, baholash, geologiya, energetika, ekologiya, telekommunikatsiya faoliyati yo‘nalishlari.
Qo‘shimcha ma'lumot yoki qatnashish istagidagi bo‘lganlar @SSP_press telegram akkauntiga murojaat etishlari mumkin.
28.02.2020
14:56