Farg‘ona viloyatida aholini tadbirkorlikka keng yo‘naltirish tadbirlari izchil davom etmoqda
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Tadbirkorlik faoliyatini o‘qitish respublika markazi Farg‘ona viloyat filiali tomonidan Farg‘ona Politexnika institutida “Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” mavzusida keng qamrovli o‘quv seminari tashkil qilindi.
Ushbu o‘quv seminarda va Tadbirkorlik faoliyatini o‘qitish respublika markazi Farg'ona viloyat filiali bosh mutaxassisi Ro‘zaliev Akbarjon,“Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam” Xalqbank kredit bo‘limi boshlig‘i Mamatkulov Sherzod “Biznes reja ishlab chiqishda asosiy tamoyillar.Garov” ,”Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi Farg‘ona shaxar filiali raxbari To‘xtamatov Abduqaxxor, “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi xamda jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida ,Farg‘ona viloyati Savdo-sanoat palatasi axborot sektor mudiri Egamberdiev Yorqinjon “Tanlangan faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha biznesni tashkil etish asoslari” mavzularida ma'ruzalar qilishdi.Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan seminarda 50 nafar yoshlar va tadbirkorlik qilish istagini bildirgan axoli vakillari qatnashdi.
28.02.2020
17:28