SSPning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Biznesingiz rivojiga yana bir qadam” mavzusida biznes forum o‘tkazildi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi 04 mart kuni soat 10:00da Toshkent shahri, “Daniel Hill Hotel» mehmonxonasining konferens-zalida “Biznesingiz rivojiga yana bir qadam” mavzusida “Biznes Forum” va soat «B2B» uchrashuvlarini o‘tkazdi
O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi, o‘z Nizomga ko‘ra biznes-forumlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish va ularda mahalliy tadbirkorlik sub'ektlarining keng ishtirokini ta'minlash bunda, respublikamizning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari savdo-iqtisodiy masalalari bo‘yicha maslahatchilari, shuningdek, Palataning chet eldagi vakolatxonalari bilan faol o‘zaro hamkorlikni ta'minlash yo‘nalishida o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Ushbu Biznes-Forum “Tula Savdo-sanoat Palatasi” Uyushmasining taklifiga ko‘ra, Toshkent viloyati va Tula viloyati tadbirkorlari o‘rtasida eksport-import aloqalarini yaxshilash maqsadida tashkil qilinib, unda 40dan ziyod tadbirkorlar ishtirok etdi.
Biznes-Forumda Rossiya Federatsiyasi, Tula viloyatining «Medtechsynthez” MChJsi, “Plavskiy” yo‘l ta'mirlash uskunalari tashkiloti, “TAIZ” akkamulyator zavodi, “Tul'skie mashini ” zavodi vakillari ishtirok etishdi.
Ikki davlat tadbirkorlarini eksport-import aloqasini yanada jadallashtirish maqsadida, SSP Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan forumga qurilishga ixtisoslashgan, tibbiyot uskunalaridan foydalanadigan, shuningdek, yo‘l ta'mirlash va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub'ektlari vakillari taklif qilinib "B2B" uchrashuvlari o‘tkazildi.
Shuningdek, Forum doirasida, potensial hamkorlar korxonalariga tashrif buyurish rejalashtirilgan.
04.03.2020
18:58