O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Rossiyaning “Halol” Xalqaro sertifikasiya markazi bosh direktori boshchiligidagi delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2020 yil 6 mart kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Rossiyaning “Halol” Xalqaro sertifikasiya markazi bosh direktori Nizamov Marat Renatovich boshchiligidagi delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “Halol” xalqaro standarti asosida O‘zbekiston mahsulotlarini xorij bozorlariga eksport qilish imkoniyatlari, O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan “Halol” standartiga ega mahsulotlar eksportini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama etildi.
Bunda O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Markaz tomonidan O‘zbekistonda “Halol” xalqaro standarti talablari asosida mahsulotlarni ishlab chiqarish va sertifikasiyalash masalalarida mahalliy tadbirkorlik sub'ektlariga amaliy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘rib chiqil
Uchrashuv yakunida tomonlar “Halol” standarti bo‘yicha O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirish hamda xorijiy bozorlarga ushbu standart asosida milliy mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldilar
06.03.2020
18:36