Savdo sanoat palatasida Xalqaro mehnat tashkiloti byurosining bosh mutaxassisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
2020 yil 10 mart kuni Savdo-sanoat palatasida O'zbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi vakillari hamda Xalqaro mehnat tashkiloti Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo byurosining bosh mutaxassisi janob Churovich o’rtasida uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Shuningdek, yigilishda Savdo-sanoat palatasi, Fermerlar kengashi, Dehqon xo'jaliklari va uy-joy mulkdorlari kengashi, "O'zeltexsanoat" uyushmasi, "O'ztekstilprom", "O'zcharmsanoat", "O'zbekipaksanoat" va "O'zsanoatqurilishmateriallari" vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida Ish beruvchilar konfederatsiyasi istiqbollari va kelgusi yil uchun Konfederatsiya rejalari muhokama qilindi, shular qatorida Konfederatsiya veb-saytini yaratish, ish beruvchilarning ish bilan ta'minlash, mehnat shartnomasi tuzish kabi masalalarda mehnat savodxonligini oshirish maqsadida ish beruvchilar uchun seminar va treninglar tashkil etish, ta'til, xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish huquqini berish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi
Janob V. Churovich samarali ishlar uchun konfederatsiya vakillari va uning ta'sischilariga minnatdorlik bildirdi hamda Xalqaro mehnat tashkiloti va konfederatsiyaning kelgusi faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlanishiga ishonch bildirdi.
10.03.2020
19:40