O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) O‘zbekistondagi missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston savdo-sanoat palatasida 2020 yil 10 mart kuni Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “Markaziy Osiyoda savdo jarayonlarini soddalashtirish” mintaqaviy dasturini baholash missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati bilan hamkorlikda Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekistonda 2017-2019 yillarda “Markaziy Osiyoda savdo jarayonlarini soddalashtirish” mintaqaviy dasturi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan natijalar muhokama qilindi.
Xususan, ushbu dastur doirasida tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning quyidagi masalalari ko‘rib chiqildi:
- O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari va savdoni soddalashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishda davlat va xususiy sektor vakillari o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yish;
- Savdo-sanaot palatasida tashqi savdo masalalari bo‘yicha Ekspert kengashi faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish masalalarida xususiy sektorning o‘rnini oshirish;
- Savdo-sanaot palatasida biznes uchun avtomatlashtirilgan tizim va mobil ilovani joriy etish;
- Markaziy Osiyoda savdo, transport va tranzit jarayonlarini soddalashtirish masalalari bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik va o‘zaro tajriba almashinuvini rivojlantirish.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha “Markaziy Osiyoda savdo jarayonlarini soddalashtirish” mintaqaviy dasturi doirasida Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati bilan kelgusidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalri yuzasidan fikr almashildi.
10.03.2020
19:52