Hindistonda “MEGA SHOPPING FESTIVAL” bo‘lib o‘tadi
2020 yilning 27 martdan 5 aprelga qadar Gujarat shtadida joylashgan Axmadobod shahrida (Hindiston) “MEGA SHOPPING FESTIVAL” nomli Birinchi festival bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbir davomida “В2В” va “В2С” formatidagi uchrashuvlar tashkil etiladi.
“В2В” segmentida to‘qimachilik, charm, qo‘l san'atlari, qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlari, gilamlar, turizm, plastmassa va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari namoyish etiladi. “В2С” segment esa bezak va amaliy san'at, qayta ishlangan oziq ovqat maxsulotlari, kosmetika va elektr jihozlari, elektron buyumlar, o‘yinchoqlar, mebellar va yangi innovasion mahsulotlarga qaratiladi.
Ushbu festivalda qatnashish maqsadida bo‘lganlar, quyidagi havola orqali anketani to‘ldirib va pastda ko‘rsatilgan elektron pochtaga yuborishlari mumkin.
Qolaversa, 2020 yilning 8dan 17 mayga qadar Bangalorda (Hindiston) Ikkinchi “MEGA SHOPPING FESTIVAL” bo‘lib o‘tadi. Anketani tuldirish uchun havola.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun Samson@cleindia.com yoki imdbsml@cleindia.com elektron pochtalarga murojaat etishingiz mumkin. Mas'ul shaxs Elliot Samson.
SSP Axborot xizmati
11.03.2020
16:05