Zamonaviy mini-texnologiyalar va asbob-uskunalari yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!
2020 yilning aprel-iyun oylarida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda hududlarda ko‘chma mini-texnologiyalar va asbob-uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etish rejalashtirilgan.
Ko‘rgazmada meva-sabzavot, go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash, qandolatchilik uskunalari, un va kombikormlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan texnologiya va uskunalar, qadoqlash uskunalari, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish, issiqxona texnologiyalari, to‘qimachilik uskunalari, bog‘dorchilik va uzumchilik uchun mini-texnika va uskunalar, xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirish texnologiyalari, qurilish maxsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalari, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari, veterinariya vositalari, mebelsozlik uchun dastgohlar va uskunalar namoyish qilinadi.
Ushbu ko‘rgazmada o‘z mini-texnologiyalari va asbob-uskunalari bilan qatnashish istagidagi tadbirkorlar 2020 yil 13 martga qadar quyidagi havola orqali anketa shaklini to‘latib berishlari so‘raladi.
Qo‘shimcha murojaat uchun Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi mas'ul xodimi A'zamov Sardorga +99878 150-60-06 (ichki raqam 18-51) telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki Palataning expo@chamber.uz elektron manziliga xabar qoldirish mumkin.
13.03.2020
12:40