“ILM, MA'RIFAT VA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISh YILI” DAVLAT DASTURI VA DASTURDA SAVDO-SANOAT PALATASINING ISHTIROKI TO‘G‘RISIDA
DAVLAT DASTURI BO‘YICHA UMUMIY MA'LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020 yil 2 mart kuni “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.
Farmon bilan “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi ham tasdiqlangan bo‘lib, ushbu dastur 284 ta banddan iborat. Dasturni amalga oshirish uchun 18 171,4 mlrd. so‘m va10 301,5 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan. Shundan:
- davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari – 12 883,7 mlrd. so‘mni;
- ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablag‘lari – 1 426,5 ml. so‘mni;
- tijorat banklarining kreditlari – 561,2 mld. so‘mni;
- xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari mablag‘lari va beg‘araz yordamlar – 3 300,0 lrd. so‘m va 10 301,5 mln. AQSh dollarini tashkil etmoqda.
Davlat dasturining:
1-yo‘nalishi– Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida 38 ta;
2-yo‘nalishi– Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida 22 ta;
3-yo‘nalishi– Iqtisodiyotni rivojlantirish va investisiyalarni faol jalb qilish sohasida 96 ta;
4-yo‘nalishi– Ijtimoiy rivojlanish sohasida 84 ta;
5-yo‘nalishi– Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish sohasida 44 ta chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.
1-YO‘NALIShNING MUHIM ChORALARI
– Qonunchilik palatasi va Senat faoliyatida fuqarolarning Internet tarmog‘idagi murojaatlari asosida parlament va deputat so‘rovlarini shakllantirish, saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida elektron portal va mobil' ilovadan foydalanish imkonini beruvchi “Elektron parlament” tizimi joriy etiladi;
– Qonunchilik palatasida yil yakuniga ko‘ra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholanganini va uning samaradorlik darajasini monitoringqilish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishlichoralarni ko‘rish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
– Mahalliy vakillik organlari faoliyatida Kengash so‘rovi instituti joriy etiladi hamda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining faoliyatini “namunali Kengash” sifatida yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari ko‘riladi;
– Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyati bo‘yicha, shuningdek, Hukumat a'zolari va tarmoqlar rahbarlarining BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish, ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlari muntazam ravishda eshitib boriladi;
– Senatda O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish, shuningdek, aholini tashvishga solayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal qilish maqsadida o‘rganilgan masalalar bo‘yicha bevosita joylarga borib, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Senat kengashi va qo‘mitalarining sayyor majlislarini o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
– “Mening fikrim” veb-portalining mobil' ilovasi ishga tushiriladi, unga kelib tushayotgan murojaatlar deputatlar, mutaxassislar va keng jamoatchilik ishtirokida OAVlar orqali muhokama qilib boriladi;
– Parlamentning qonun ijodkorligi va nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarni ishlab chiqish bo‘yicha “yo‘l xarita”si, Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi hamda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilinadi.
2-YO‘NALIShNING USTUVOR JIHATLARI
– Sud hukmlari, qarorlari, ajrimlari yoki hal qiluv qarorlari qonuniy kuchga kirgan ishlarni prokuror tomonidan tomonlarning (prokurordantashqari)murojaati mavjud bo‘lgandagina suddan talab qilib olish tartibi belgilanadi;
– 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi asosida doimiy istiqomat qilayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, deb tan olinadi;
– odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida apellyasiya va kassasiya instansiyalari isloh qilinib, nazorat tartibida ish yuritish instituti bekor qilinadi;
– tadbirkorlik sohasidagi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat turlari dekriminalizasiya qilinadi;
– bojxona sohasidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatini birinchi marta sodir etgan, tovar uchun to‘lovni ixtiyoriy ravishda to‘lagan va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi;
– ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar vakolatiga o‘tkaziladi;
– huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan MJtKda nazarda tutilgan jarimani sud va vakolatli idoralarda ish ko‘rilgunga qadar ixtiyoriy to‘lashni rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi;
– “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri, shuningdek, sud'yalar hamjamiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi hamda Jinoyat va Jinoyat-prosessual, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslargafuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlari huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihalariishlab chiqiladi;
– O‘zbekiston fuqarolariga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk xarid qilishda ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmaydi;
– O‘zbekistonda doimiy istiqomat qiluvchi va boshqa hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lgan fuqarolar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylardako‘chmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchundavlat bojining alohida stavkasi bekor qilinadi.
3-YO‘NALIShNING ASOSIY TADBIRLARI
– Paxta xomashyosi ishlab chiqarish, majburiy sotish rejasi hamda narxini davlat tomonidan belgilash amaliyoti bekor qilinadi, shuningdek, davlatga majburiy g‘alla sotish hajmi 25 foizga kamaytiriladi;
– lisenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar kamidaikki baravarga qisqartiriladi;
– davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar transformasiyasi bo‘yicha “yo‘l xarita”larini amalga oshirishga kirishiladi, shu jumladan, zamonaviy chakana bank xizmatlari turlari ko‘paytiriladi;
– eksportni oldindan moliyalashtirishga qaratilgan Eksport-kredit agentligi tashkil qilinadi;
– “E-ombor” tovarlarni hisobga olishning elektron tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi;
– mahalliy eksport qiluvchilarga yuklarni avtomobil' va havo transporti orqali eksport qilish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi, shuningdek, tadbirkorlarning infratuzilma barpo etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi uchun kompensasiya to‘lash mexanizmlari joriy etiladi;
– kamida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratilib, 12 ming km. optik tolali aloqa liniyalari yotqiziladi;
– “Davlat moliyaviy nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi, “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonun loyihalari, Avtomobil' yo‘llarini rivojlantirish va Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish strategiyalari, Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va Suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyalari, Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi;
– byudjet mablag‘lari hisobidan ilg‘or tadbirkorlik loyihalariga grantlar ajratish tizimi ishga tushadi;
– yangi kichik sanoat zonalari yaratiladi, ularni boshqarish direksiyalariga zarur infratuzilmalarni yetkazib berish uchun Davlat byudjeti mablag‘laridan 100 mlrd. so‘m ajratiladi;
– har bir tumanda dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan talabgorlarga qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan erlar taqsimlab beriladi va ular kooperatsiyalarga biriktiriladi;
– “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi loyihasi ishlab chiqiladi.
– Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga yoshlarning eng ilg‘or loyihalarini jalb etish maqsadida “Xalqaro yoshlar innovasiya forumi” hamda forum doirasida “Eng yaxshi loyihalar” tanlovi o‘tkaziladi.
4- YO‘NALIShDAGI DOLZARB VAZIFALAR
– Ishsizlar va kambag‘al oilalar a'zolarini tadbirkorlik va kasbga o‘qitish maqsadida 30 ta kollej bazasida hamda Toshkent shahrining har bir tumanida kamida bittadan “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasbga tayyorlash markazlari tashkil etiladi;
– mutasaddi vazirlik va idorlar hamkorligida kasbga o‘qish istagini bildirgan yolg‘iz va ko‘p bolali ayollar, ishsizlar, yoshlar uchun kundalik hayotda ehtiyoj yuqori bo‘lgan sohalar bo‘yicha kasbga o‘rgatish kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
– Kambag‘allikni qisqartirish dasturi loyihasi ishlab chiqiladi. Unda:
– 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimini joriy etgan holda, maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi 60 %ga yetkaziladi;
– oliy ta'lim muassasalarida asosiy mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soniikki baravarga qisqartiriladi;
– OTMlarga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqichikki baravargaoshiriladi;
– matematika, kimyo-biologiya, geologiyakabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtiriladi, olimlarga barcha shart-sharoitlarni yapatish choralari ko‘riladi;
– davlat tibbiyot tashkilotlari va aholini dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta'minlash o‘tgan yilga nisbatan 1,3 baravargaoshiriladi.
– Uy-joy kodeksining yangi tahriri, Ekologiya kodeksi loyihasi, “Suv ta'minoti va oqava xizmatlar to‘g‘risida”gi va “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun loyihalari, Aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish davlat dasturi, Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi, Ilm-fan sohasini rivojlantirish, Aholini ijtimoiy himoya qilish, Ichimlik suvi ta'minoti va kanalizasiya tizimini rivojlantirish konsepsiyalari, Qurilish sohasini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi;
–
– yoshlar ta'limi va ayollar bandligi bo‘yicha “Besh tashabbus” loyihasi doirasida alohida umumta'lim muassasalarida bolalarni maktab fanlariga elektron o‘qitish bo‘yicha tajriba tariqasida axborot tizimlariniqog‘oz hujjatlarni bekor qilgan holda joriy etiladi;
– OTMlar talabalariga o‘quv yili davomida teng ulushlarda kamida to‘rt marotaba o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi;
– Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik va pedagogika universitetlarida tajriba tariqasida bosqichma-bosqichmasofaviy o‘qitish shaklijoriy etiladi;
– Pensiyani hisoblashda mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilash “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mavjud ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi;
– “Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahliliy tizimi” apparat-dasturiy kompleksijoriy etiladi;
5-YO‘NALIShDAGI SA'Y-HARAKATLAR
– 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan Kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya hamda “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi;
– O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot siyosati konsepsiyasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
– O‘zbekistonda millatlararo totuvlik, do‘stlik va hamjihatlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida“Xalqlar do‘stligi va umumxalq birdamlik kuni” joriy etiladi.
– Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiningmilliy strategiyasitasdiqlanadi.
– Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan mintaqaviy hamkorlikdoirasida kombinasiyalashtirilgan turizmni “bitta tur-ko‘p mamlakatlar” tamoyili asosida rivojlantirish hamda O‘zbekistonning tarixiy obidalari va sayyohlik salohiyatini faol ravishda targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
– BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga 2021-2023 yillarga saylanishi uchun O‘zbekiston nomzodini ilgari surish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar jadallashtiriladi.
– Markaziy Osiyo bo‘yicha Evropa Ittifoqining yangilangan Strategiyasiniamalga oshirishda O‘zbekistonning faol ishtirokini ta'minlash choralari ko‘riladi.
– O‘zbekistonning jahon mamlakatlari bilan ko‘p qirrali hamkorliknikengaytirish, BMT va uning muassasalari, yetakchi xalqaro institutlar va moliya tuzilmalari, shuningdek, mintaqaviy birlashmalar bilan uzoq muddatli sheriklikni chuqurlashtirish yuzasidan aniq takliflar va amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
– Oliy Majlis palatalari va Adliya vazirligi tomonidan BMT hamda uning Taraqqiyot dasturi vakolatxonalari bilan hamkorlikda parlamentarizmni rivojlantirish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘quv markazinitashkil etish chora-tadbirlari amalga oshiriladi;
Davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha
“Xalqaro munozara klubi” tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasi har oyda Davlat dasturi bajarilishini Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari huzurida tanqidiy ko‘rib chiqadi, har chorakdaHukumat majlislarida muhokama qilib boradi hamda o‘z vaqtida va to‘liq bajarilmagan tadbirlar yuzasidan mas'ul vazirlik va idoralar rahbarlariga nisbatan tegishli choralar ko‘radi;
Oliy Majlis palatalari har chorakdaBosh vazir va Hukumat a'zolariningDavlat dasturi bajarilishi yuzasidan axborotlarini eshitib boradi hamda bu borada Hukumat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi.
DAVLAT DASTURIDA SAVDO-SANOAT PALATASIGA VAZIFA YuKLATILGAN BANDLAR BO‘YIChA MA'LUMOT
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatsi davlat dasturining 12 tabandining ijrosini ta'minlash bo‘yicha ijrochilar qatorida qayd qilingan. Xususan, davlat dasturining 33, 48, 71, 76, 83, 86, 87, 89, 90, 150, 190, 216-bandlarida Palata hamkorligi talab qilinadi.
33-band:Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasi axborot tizimi-“business.gov.uz”Yagona interaktiv portalini moddiy-texnik jihatdantakomillashtirish(chaqiriq Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi).
48-band:Tadbirkorlik sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik asoslarini qayta ko‘rib chiqish, ayrim jinoyat turlarini dekriminalizasiya qilish (chaqiriq Oliy sud).
71-band:“Yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish chora- tadbirlarini amalga oshirish (chaqiriq Iqtisodiyot va sanoat vazirligi).
76-band:Hududlarda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish maqsadida hududiy va yirik tarmoq sanoat korxonalarini jalb qilgan holda respublika va hududiy sanoat yarmarkalarini tashkil etish(chaqiriq Iqtisodiyot va sanoat vazirligi).
83-band:“Kichik va o‘rta biznes to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chikish (chaqiriq Iqtisodiyot va sanoat vazirligi).
86-band:Hududlarda ayollar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish(chaqiriq Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi).
87-band:Alohida faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda lisenziya va ruxsat berish tartib taomillarini qisqartirish (chaqiriq Adliya vazirligi).
89-band:Tadbirkorlik faoliyati, investisiya va raqobat muhitiga ta'sir ko‘satuvchi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik tartibga solish hujjatlaridan iborat ma'muriy va tartibga solish yukini keskin kamaytirish va asossizto‘siqlarni olib tashlash
(chaqiriq Adliya vazirligi).
90-band:Savdo sohasini tartibgasoluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va “Savdo to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish (chaqiriq Iqtisodiyot va sanoat vazirligi).
150-band:Davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish strategiyasini ishlab chiqish (chaqiriq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi).
190-band:Ijtimoiy tadbirkorlikka oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish (chaqiriq Adliya vazirligi).
216-band:Ishlab chiqarish jarayonini ekologik nazorat qilish tizimini takomillashtirish, ekologik audit o‘tkazish tartibini qayta ko‘rib chiqib, xususiy auditorlik faoliyatini jonlantirish(chaqiriq Davlat ekologiya Qo‘mitasi).
16.03.2020
16:52