• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 19 mart kuni koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    – Bugungi sharoitda sanoat korxonalari, tadbirkorlar va eksportyorlar bizdan aniq va samarali choralar kutmoqda. Shu bois iqtisodiyotda hisob-kitob qilinayotgan yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun zaxira yaratish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash hukumatning asosiy vazifasi bo‘lishi zarur, – dedi Shavkat Mirziyoev.

    Bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Prezidentimiz koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida farmon qabul qildi. Hujjatga asosan, Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzilib, unda 10 trillion so‘m shakllantiriladi.

    Yig‘ilishda farmonda belgilangan dolzarb vazifalarni amalga oshirish, pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta'sirini yumshatish masalalari muhokama qilindi.

    Koronavirus tarqalashining oldini olish, shifoxonalarni dori, himoya va diagnostika vositalari bilan ta'minlash, karantin xarajatlarini o‘z vaqtida moliyalashtirish zarurligi ta'kidlandi.

    Yurtimizda koronavirusga qarshi kurashish ishlariga qariyb 5,5 ming nafar tibbiyot xodimi jalb etilgan. Ularni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlab, oylik maoshiga qo‘shimcha 120 foiz ustama to‘lash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Kasallanganlarni o‘z vaqtida aniqlash va profilaktikaga e'tiborni kuchaytirish, buning uchun barcha hududiy yuqumli kasalliklar shifoxonalarini ekspress-testlar bilan ta'minlash muhimligi qayd etildi.

    Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga karantinga olingan fuqarolar nazoratini ta'minlash yuklatildi.

    Koronavirus ta'siri eng yuqori bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlariga soliq ta'tillari va kredit qarzlari bo‘yicha imtiyozlar berish, byudjet ssudalari ajratish yuzasidan vazifalar belgilandi.

    Masalan, mehmonxona biznesida 90 milliard so‘mlik, transport-logistika sohasida 650 milliard so‘mlik, umumiy ovqatlanish muassasalarida 180 milliard so‘mlik, tashqi savdo korxonalarida 3,6 trillion so‘mlik kreditlarni qaytarish imkoniyati pasaymoqda. Turistik firma va mehmonxonalar har bir sayyoh uchun kuniga 2-3 dollardan turizm yig‘imi to‘lab kelmoqda.

    Shu bois ushbu korxonalarning kredit muddatlarini uzaytirish, turistik yig‘imlar undirishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Hokimlarga iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan korxonalardan mahalliy soliqlarni undirishni 6 oygacha kechiktirish vakolati beriladi.

    Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromad solig‘i, fermerlarning suv solig‘i 50 foizga kamaytiriladi. Bunda mahalliy byudjetdagi yo‘qotishlar respublika byudjetidan qoplab beriladi.

    Yil yakuniga qadar soliq tekshiruvlariga moratoriy e'lon qilinadi va qiynalgan korxonalarga soliq qarzlari uchun penya hisoblash to‘xtatiladi. Bunday qiyin sharoitda tadbirkorni birorta tekshiruvchi bezovta qilmaydi. 

    Xalqaro savdodagi vaziyatni inobatga olib, eksport-import bo‘yicha kechiktirilgan qarzdorlikka jarima qo‘llamaslik, “yashil yo‘lak”lardan mahsulot o‘tkazishni ko‘paytirish, yuk tashishda yuzaga kelayotgan masalalarni operativ hal etib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    – Hozirgi holatda ba'zi korxonalarning soliq tushadigan bazasi kamayishi tabiiy. Lekin bu kamomad nima hisobidan qoplanishi bo‘yicha mutasaddilarda kundalik tahlil va so‘rov bo‘lishi shart, – dedi Prezident.

    Yig‘ilishda aholini ijtimoiy himoyalash masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi. Karantinga yopilgan muassasalar xodimlari, karantindagi fuqarolar va ularga qarovchilarning huquqlarini ta'minlash, ijtimoiy nafaqa oluvchilar sonini kamida 10 foizga yoki 60 mingtaga oshirish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.

    Karantindagi farzandlariga qarayotgan ota-onalarni ishdan bo‘shatishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Ularga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi yuz foiz to‘lab beriladi.

    Maktabgacha ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablari faoliyati to‘xtab turgan davrda tarbiyalanuvchilar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga yillik mehnat ta'tilidan foydalanishning yillik rejasidan qat'i nazar yillik mehnat ta'tili taqdim etiladi.

    Iqtisodiy faollik pasaygan paytda aholi bandligi masalasi alohida e'tibor talab etadi. Shu bois Inqirozga qarshi jamg‘armadan Jamoat ishlari jamg‘armasiga qo‘shimcha 200 milliard so‘m ajratiladi. Ushbu mablag‘lar odamlarni ish bilan ta'minlash, buning uchun mahallalarda qo‘shimcha infratuzilma ob'ektlari qurishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga 500 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ berilib, ish o‘rinlari yaratadigan biznes sub'ektlarga ko‘maklashiladi.  

    Ushbu chora-tadbirlarni sifatli bajarish maqsadida Bosh vazir rahbarligida Inqirozga qarshi respublika komissiyasi tuzilishi belgilandi. Ushbu komissiya 22 martdan boshlab ikki oy davomida har bir tuman va shaharda koronavirusga qarshi kurashish, sanoat, xizmat ko‘rsatish, savdo, transport, logistika va boshqa korxonalarni barqaror ishlatish masalalarini hal qilib boradi.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasiga bozorlardagi narx-navoning o‘zgarishini kuzatib borib, mavjud zaxiradan qo‘shimcha mahsulotlarini savdoga chiqarish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.

     

    Manbaa: president.uz

    20.03.2020

    12:21

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06