• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini amalga oshirish yuzasidan videoselektor o‘tkazildi

    2020 yilning 20 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 19 mart kuni “Koronovirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlarida salbiy ta'sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlangan” videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini tashkil etish va amalga oshirish yuzasidan tor doiradagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

    Onlayn videoselektor formatida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil D.Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlik murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri G‘.Ziyaev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas'ul xodimi A.Abidov ishtirok etdi.

    Ma'lumki, butun dunyoda koronovirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, shu jumladan insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali ko‘plab choralar ko‘rilmoqda.

    Albatta, O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta'sir qiladi, shu bois, ushbu holatning salbiy ta'sirlarini yumshatish yoki oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi.

    Shu munosabat bilan, mamlakatimizda tadbirkorlar va aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat rahbarining “Koronovirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.

    Farmon bilan Moliya vazirligi huzurida 10 trln so‘m hajmdagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etildi va jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

    koronovirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
    tadbirkorlikni va aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash;
    aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratishni hisobga olgan holda kengaytirish;
    iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini ta'minlash;
    Farmon bilan 2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrgacha bo‘lgan davrda:

    yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasi 50 foiziga qadar kamaytirildi;

    alkogol' mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdori 5 foizdan 3 foizga pasaytiriladi;

    umumiy ovqatlanish korxonalari uchun alkogol' mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘imlar miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga kamaytiriladi;

    2020 yil 1 apreldan 1 iyulgacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi;

    qishloq xo‘jaligidagi yerlarni sug‘orish uchun foydalaniladigan hajmlar bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yilda o‘rnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi;

    2020 yil 1 oktyabrgacha bo‘lgan davrda tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga jarimalarni qo‘llash to‘xtatildi v.h.k....

    Videoselektorda butun dunyoda kuzatilayotgan cheklovlar sharoitida yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari kelib chiqqanligi haqida rasmiy xabarnoma orqali tadbirkorlarni ogohlantirish va ularning ushbu boradagi murojaatlarini ko‘rib chiqish, hal etish muhimligi va bu borada chora-tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirishga kelishib olindi.

    Farmondan kelib chiqib, Bosh vazir qabulxonalari, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi koronovirus pandemiyasi natijasida faoliyatida zarar ko‘rayotgan tadbirkorlar murojaatini ko‘rib chiqishda hamkorlikda ish olib boradi.

    Yangi tizim yaratmaydi, aksincha mavjud tizim asosida vazifalar hamkorlikda, ahillikda, birdamlikda amalga oshiriladi. Xususan:

    Bosh vazir qabulxonasi elektron portali (business.gov.uz)da koronovirus pandemiyasi natijasida faoliyatida zarar ko‘rayotgan tadbirkorlar murojaatini ko‘rib chiqish platformasi yaratiladi.

    Platformaga Qabulxona, Ombudsman, Palata xodimlari bir vaqtning o‘zida murojaatlarni kelishilgan forma asosida kiritadi va Bosh vazir qabulxoalari kotibiyati murojaatni mazmunan ko‘rib chiqishga mas'ul bo‘lgan tegishli idora, tashkilotga yo‘naltirish va mas'ulning asoslangan xulosasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Tizim quyidagi tartibda ishlaydi:

    1. Murojaat kelib tushgan vaqtning o‘zida Qabulxona, Ombudsman, Palata xodimlari murojaatni mazmunan belgilagan shakl asosida  business.gov.uz portalga kiritadi va Bosh vazir qabulxoalari kotibiyati shu kunning o‘zida mas'ul idora va tashkilotga  murojaatni biriktiradi.

    Shu kunning o‘zidayoq, murojaat business.gov.uz portaliga joylashtirilganligi yuzasidan mas'ul idora telefon orqali ogohlantiriladi.

    2. Mas'ul idora va tashkilot 2 kunlik muddatda murojaatni ko‘rib chiqib, asoslantirilgan aniq xulosani business.gov.uz portaliga joylashtiradi.

    3. Qabulxona, Ombudsman, Palata (har biri alohida) 1 kunlik muddatda mas'ul idora va tashkilotning xulosasini ko‘rib chiqib, o‘z munosabatini bildiradi.

    4. Bosh vazir qabulxonasi kotibiyati har 2 kunda murojaatlar yuzasidan business.gov.uz portalda umumlashgan xulosalar bo‘yicha ma'lumotlarni Inqirozga qarshi Respublika komissiyasiga yakuniy xulosani olish uchun kiritadi.

    5. Inqirozga qarshi Respublika komissiyasi yoki uning hududiy shtablari mas'ul idora xulosasi va  Qabulxona, Ombudsman, Palataning munosabatini inobatga olib, yakuniy qarorni qabul qiladi.

    6. Qabul qilingan yakuniy qaror business.gov.uz portal orqali xulosa va topshiriq sifatida mas'ul ijrochilarga yo‘naltiriladi va ta'sirchan monitoring olib boriladi.

    Ushbu videoselektor OAVda barcha xududlarda keng yoritilib borildi.

     

    SSP Axborot xizmati

     

    20.03.2020

    17:58

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06