• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda. 

    Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining “Soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1. Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyati ustidan tekshirishlar o‘tkazish talablari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2018 yildagi PF-5490-son “Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan. 

    Shu bois, loyiha ilovasini mazkur Farmon talablariga to‘liq moslashtirish lozim. Xususan:

    1.1. Loyiha ilovasida soliq auditini o‘tkazish asoslari belgilanmagan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmonga ko‘ra, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan qonunbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmoni talablaridan kelib chiqib, soliq sohasida tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatidagi barcha tekshirishlar xavf-tahlili natijalari asosida o‘tkazilishini qat'iyan belgilab qo‘yish lozim.

    Shu bois, loyiha ilovasini yuqorida keltirilgan Farmon talablariga moslashtirish tavsiya etiladi.

    1.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmoniga ko‘ra, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart.

    Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatgaolish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.

    Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlarning natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun davomida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritilishi belgilangan.

    Biroq, loyiha ilovasida o‘tkaziladigan tekshiruvni va u tamomlangandan keyin uning natijasini Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritish tartibi belgilanmagan.

    Shu bois, loyiha ilovasiga o‘tkaziladigan tekshiruvlarni va ularning natijalarini Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga joylashtirish to‘g‘risida qoida kiritish lozim.

    1.3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018 yil 7 sentyabrda 3067-son bilan ro‘yxatga olingan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom talablaridan kelib chiqqan holda loyiha ilovasida soliq organi va soliq to‘lovchi (uning vakili)ning huquq va majburiyatlarini alohida bob sifatida ko‘rsatilishi tavsiya etiladi.

    1.4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmoniga muvofiq, Savdo-sanoat palatasiva boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarga tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishhamda yakunlari yuzasidan har chorakda vakolatli organga axborot taqdim qilishi ko‘rsatilgan.

    Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasida Palata o‘tkaziladigan tekshiruvlarning qonuniyligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi belgilangan.

    Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 27 fevral kuni “Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar yuzasidan” o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida ta'sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish Palataning asosiy vazifalaridan biri ekanligi ta'kidlab o‘tilgan.

    Shuni e'tiborga olish kerakki, jamoatchilik nazoratini Palata tadbirkorlik sub'ekti Palata a'zosi bo‘lishidan qat'iy nazar amalga oshiradi. Lekin, ushbu vazifani amalga oshirish uchun tekshiruvchi organlari, shu jumladan soliq organlari tomonidan tadbirkorlik sub'ektiga tekshirish ustidan jamoatchilik nazoratini o‘tkazishni talab qilishi va bu haqda Palata yoki boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini habardor qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirilishi lozim.

    Shu bois, loyiha ilovasida soliq organining “soliq to‘lovchi yoki uning vakilini o‘tkaziladigan tekshiruv ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun Savdo-sanoat palatasi yoki boshqa nodavlat notijorat tashkilotini jalb qilish mumkinligini tushuntirish” majburiyatinikiritish tavsiya etiladi.

    2. “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunining 7- moddasida Palata a'zolari bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatining monitoringini amalga oshirishi hamda tadbirkorlik faoliyatni tekshirishlarda ishtirok etishi belgilangan.

    Palata ushbu yuklatilgan vazifani, Qonunda belgilangan mazkur huquqiy vositadan samarali foydalangan holda, tekshiruv organli, shu jamladan soliq organlari, tekshiruv o‘tkazishdan oldin Palataning tegishli hududiy bo‘linmalariga xabar berilsagina, amalga oshirishi mumkin.

    Shu bois, loyiha ilovasida soliq organlari tomonidan Palata va uning hududiy bo‘linmalarini tekshirishdan kamida 1 kun oldin xabardor qilish tartibini joriy etish lozim.

    Yuqorida keltirilgan Qonun talablaridan kelib chiqib, loyiha ilovasining 30 – bandini quyidagi xatboshi bilan to‘ldirish tavsiya etiladi:

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a'zosi bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirishdan kamida 1 kun oldin tegishligi bo‘yicha Palata va (yoki) uning hududiy bo‘linmalarini yozma ravishda habardor etish”.

    3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2019 yil 30 dekabrda 3207-son bilan ro‘yxatga olingan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandiga ko‘ra, soliq to‘lovchilar va ularning vakillari soliq organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbiri jarayonini videotasvirga olish huquqiga ega.

    Shu bois, mazkur Nizom talablaridan kelib chiqqan holda loyiha ilovasida soliq to‘lovchining “soliq organi tomonidan amalga oshirilayotgan sayyor soliq tekshiruvi jarayonini foto va video tasvirga olish” huquqini belgilab quyish lozim.

    4. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 noyabrdagi 920-son Qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablaridan kelib chiqib, loyiha ilovasining 30-bandi ikkinchi xatboshisini quyidagi tahrirda bayon etish tavsiya etiladi: 

    “shaxsiy xizmat guvohnomasi hamda tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomasini ko‘rsatishi”.

    5. Loyiha ilovasining 13-bandida “Soliq auditini o‘tkazish jarayonida oldin o‘tkazilgan soliq auditida soliq organiga ma'lum bo‘lmagan yangi holatlar aniqlangan taqdirda, soliq organi faqatgina yangi holatlar bo‘yicha qayta soliq auditini tayinlashi mumkin. Bu haqida soliq auditini o‘tkazayotgan mansabdor shaxs soliq organi rahbariga (rahbar o‘rinbosariga) iltimosnoma kiritadi va shu asosida soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan qo‘shimcha buyruq rasmiylashtiriladi”, – deb ko‘rsatilgan.

    Biroq, Soliq kodeksining 140-moddasi o‘ninchi qismiga ko‘ra, “Ushbu Kodeksning 143-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq auditi faqat ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan da'vo qilish muddati o‘tmagan oxirgi soliq auditidan keyingi davrni qamrab olishi mumkin”, - deb ko‘rsatilgan.

    Shuningdek, Soliq kodeksining 140-moddasi birinchi qismiga muvofiq “Muayyan davr uchun soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning to‘g‘riligini tekshirish soliq auditidir”.

    Bunday soliq tekshiruvi, soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) tomonidan tasdiqlangan soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i va uni o‘tkazish dasturi asosida amalga oshiriladi (SK 140-moddasi to‘qqizinchi qismi). Demak, tayinlangan soliq auditi, undan avval o‘tkazilgan audit davrini tekshirishi Kodeksda nazarda tutilmagan. 

    Shu bilan birga, audit utkazayotgan soliq organi o‘zining vakolati bilan, avvalgi (soliq auditi programmasi va tasdiqlangan tekshiruv davridan farqli) davrga soliq audit tayinlashi, tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi, hamda to‘sqinlik qiluvchi omillarni yuzaga keltirish extimolini yaratadi. 

    O‘z navbatida, avvalgi soliq tekshiruvida soliq organiga ma'lum bo‘lmagan yangi holatlar aniqlangan taqdirda, bunday faktlar soliq tekshiruviga asos bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, bu jarayonda sub'ektiv omillarga chek qo‘yilishi maqsadida, Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishish mexanizmi kiritilishi va loyixa ilovasining 13-bandini qo‘yidagi tahrirda bayon etish tavsiya etiladi: 

    “Avval o‘tkazilgan soliq auditi chog‘ida soliq organiga ma'lum bo‘lmagan yangi holatlar aniqlangan taqdirda, tekshiruvni amalga oshirgan soliq organi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan xolda, takroriy soliq auditini tayinlashga haqli”.

    6. Loyiha ilovasining 37-bandiga ko‘ra: 

    “Soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishni bekor qilish to‘g‘risida qaror soliq organi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka quyidagi muddatlarda yuboriladi:

    a) sud tomonidan bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish muddatini uzaytirish rad etilgan taqdirda – sud qarori olingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay;

    Biroq, amaliyotda sud qarorlari ular qabul qilingan kundan kamida 1 hafta o‘tib beriladi. Bu vaqt oralig‘ida tadbirkorning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turilishi uning moliyaviy jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

    Shu bois, loyiha ilovasining 37-bandi “a” kichik bandini quyidagi tahrirda bayon qilish tavsiya etiladi:

    “a) sud tomonidan bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish muddatini uzaytirish rad etilgan taqdirda – sud qarori qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay”.

    7. Loyiha ilovasining 38, 44 va 51-bandlarida “soliq organi mansabdor shahslari ... boshqa shu kabi soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar asosida soliqlar va yig‘imla summasini hisob-kitob orqali mustaqil ravishda aniqlashga haqli”,– deb ko‘rsatilgan.

    Biroq, boshqa bir soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma'lumotlar asosida ikkinchi soliq to‘lovchining soliqlar va yig‘imlar summasini hisob-kitob qilish mantiqan noto‘g‘ri bo‘lib, mazkur xolat soliq organlari mansabdor shahslari tomonidan o‘z mansab vakolatini suiiste'mol qilish va korrupsiya holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.

    Shu bois, loyiha ilovasining 38, 44 va 51-bandlaridan “boshqa shu kabi soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar asosida soliqlar va yig‘imla summasini hisob-kitob orqali mustaqil ravishda aniqlashga haqli” so‘zlarini chiqarib tashlash maqsadga muvofiq.

    8. Loyiha ilovasining 41-bandi to‘qqizinchi xatboshida “Soliq auditini o‘tkazayotgan mansabdor shaxslar o‘z vakolatlari doirasida zaruratdan kelib chiqib belgilangan tartibda sayyor soliq tekshiruvinitashkillashtirishmumkinligi” belgilangan.

    Biroq, Soliq kodeksining 137-moddasida sayyor soliq tekshiruvi soliq nazoratining alohida turi sifatida e'tirof etilgan. Shuningdek, bunday tekshiruv buyruk, dalolatnoma, qaror, ijro – elementlari bilan tartibga solingan (SK 139-moddasi).

    O‘z navbatida, soliq auditi soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq to‘lovchiga (soliq agentiga) nisbatan o‘tkaziladi(SK 140-moddasi).

    Ta'kidlash lozimki, sabab va oqibat ketma-ketligi tamoyilidan kelib chiqqan xolda, soliq to‘lovchini “yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub” deb segmentasiya qilinishida, aynan sayyor tekshiruv natijalari ham sabab bo‘lishi lozim.

    Shuningdek, soliq auditi tayinlanishida xronometraj va shu kabi soliq nazoratining boshqa tadbirlarini o‘tkazishga zaruriyat tug‘ilayotgan bo‘lsa, bunday amaliyot soliq tekshiruvi programmasida aks ettirilishi kifoya.

    Shu bois, loyiha ilovasining 41-bandi to‘qqizinchi xatboshini chiqarib tashlash lozim.

    9. Loyiha ilovasining 47-bandida “Soliq auditini amalga oshiruvchi soliq organi tekshirilayotgan soliq to‘lovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarni (axborotni) uchinchi shaxsdan talab qilib olish to‘g‘risidagi topshiriqnomani, mazkur shaxs hisobda turgan joyidagi soliq organiga yuboradi”, - deb belgilangan.

    Biroq, bir soliq organining (inspeksiya) ikkinchi soliq organi (inspeksiya)ga bilvosita topshiriq berishi tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi hamda to‘sqinlik qiluvchi omillarni yuzaga keltirishi mumkin (talabning asosliligi, unga javoban xabar berilishi yoki berilmasligi, sun'iy ravishda tekshiruv davrining cho‘zilishi, kelishilgan xolda u yoki bu soliq to‘lovchiga tazyik o‘tkazish va h.).

    Bunday amaliyot yuqori turuvchi soliq organi (DSB) nazoratida yuritilishi maqsadga muvofiq bo‘lib, Soliq kodeksining 147-moddasi talablari buzilish xolatlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Shu bois, loyiha ilovasining 47-bandining birinchi xat xatboshisini quyidagi tahrirda bayon etish tavsiya etiladi:

    “Soliq auditini amalga oshiruvchi soliq organi tekshirilayotgan soliq to‘lovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarni (axborotni) uchinchi shaxsdan talab qilib olish to‘g‘risidagi topshiriqnomani, mazkur shaxs hisobda turgan joyidagi soliq organiga, uning yuqori turuvchi soliq organi orqalik yuboradi”.

    10. Loyiha ilovasining 50-bandida “Uchinchi shaxslardan hujjatlar va axborotlarni talab qilib olish sayyor soliq tekshiruvini tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin”,– deb belgilangan.

    Taklif etilayotgan norma mazmunan muqobil tekshirishni nazarda tutmoqda. 

    Uchinchi shaxslardan hujjatlar va axborotlarni talab qilib olish uchun sayyor soliq tekshiruvini tashkil etish – bu o‘z o‘zidan muqobil tekshirish hisoblanib, tadbirkorlik sub'ektlarining qonun bilan himoya qilingan huquq va manfaatlari buzilishiga olib keladi.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2016 yildagi PF-4848-son “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni 3-bandiga muvofiqtadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilingan.

    Yuqoridagilarni inobatga olib, loyiha ilovasining 50-bandini chiqarib tashalash lozim.

    11. Loyiha ilovasining 56-bandida “Soliq organining soliq auditini o‘tkazayotgan mansabdor shaxsi soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq hujjatlarni va elektron axborot jismlarini olib qo‘yishga haqli”,– deb ko‘rsatilgan.

    Soliq kodeksi va loyiha ilovasida “elektron axborot jismlari” tushunchasiga ta'rif berilmagan. 

    Shu bois, ushbu tushunchaning har qil talqin qilinishining oldini olish maqsadida, “elektron axborot jismlari” tarkibiga aynan qanday jismlar kirishini aniq belgilash tavsiya etiladi.

    12. Loyiha ilovasining 56-bandida “Tungi vaqtda hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan o‘z faoliyatini tungi vaqtda amalga oshiradigan soliq to‘lovchilar mustasno”,– deb ko‘rsatilgan.

    Biroq, Soliq kodeksining 148-moddasida hujjatlar va buyumlarni tungi paytda olib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi- deb qat'iy belgilangan.

    Mazkur norma imperativ xarakterga ega bo‘lib, uni kengaytirilgan ma'noda talqin qilinishiga yul qo‘yilmaydi. 

    O‘z navbatida, bunday holat soliq to‘lovchining faoliyatiiga baho berilishida sub'ektiv omillarga yo‘l qo‘yish orqali, tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi hamda to‘sqinlik qiluvchi xafni yuzaga keltirishi mumkin

    Shu bois, loyiha ilovasining 56-bandidan “Bundan o‘z faoliyatini tungi vaqtda amalga oshiradigan soliq to‘lovchilar mustasno” so‘zlarini chiqarib tashlash maqsadga muvofiq.

    13. Loyiha ilovasining 58-bandida “Barcha olib qo‘yiladigan hujjatlar va buyumlar xolislarga hamda olib qo‘yishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ko‘rsatiladi va zarur bo‘lgan taqdirda olib qo‘yilgan joyda o‘raladi”, - deb ko‘rsatilgan.

    Biroq, Soliq kodeksining 148-moddasida hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish xolislar hamda hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish amalga oshirilayotgan shaxslar ishtirokida o‘tkaziladi deb qat'iy belgilangan.

    Shuningdek, Kodeksning 21-moddasiga ko‘ra, soliq tulovchining ushbu Kodeksga muvofiq o‘z hududida o‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvini va soliq auditini o‘tkazish chog‘ida hozir bo‘lish huquqi belgilangan. 

    Mazkur jarayonda hujjatlari va buyumlari olib qo‘yilayotgan shaxsning ishtiroki aniq ko‘rsatilmasligi, kelajakda ko‘pgina huquqiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. 

    O‘z navbatida, bunday holat soliq to‘lovchining faoliyatiiga baho berilishida sub'ektiv omillarga yo‘l qo‘ish orqalik, tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi hamda to‘sqinlik qiluvchi xafni yuzaga keltirishi mumkin 

    Shu sababli, loyiha ilovasining 58-bandini quyidagi tahrirda bayon etish tavsiya etiladi:

    “Hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish xolislar hamda hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish amalga oshirilayotgan shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi. Barcha olib qo‘yiladigan hujjatlar va buyumlar xolislar hamda olib qo‘yishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ko‘rsatiladi va zarur bo‘lgan taqdirda olib qo‘yilgan joyda o‘raladi”.

    14. Loyiha ilovasining 116-bandida “Soliq auditi o‘tkazilgan davrlar uchun soliqlar va yig‘imlar summasining kamayishini nazarda tutuvchi aniqlashtirilgan soliq hisobotlari qabul qilinmaydi”,– deb ko‘rsatilgan.

    Biroq, Soliq kodeksining 83-moddasida (Soliq hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish) bunday cheklov nazarda tutilmagan va bunday tartib Soliq kodeksida mavjud emas. 

    Shuningdek, Soliq kodeksining 21-moddasida soliq to‘lovchisining soliq solish ob'ektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatishhuquqi belgilangan.

    O‘z navbatida, Kodeksning 140-moddasiga ko‘ra, “soliq auditi o‘tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq to‘lovchi tomonidan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, – deb belgilangan bo‘lsada, bunday cheklov faqatgina soliq auditi o‘tkazilayotgan davrda, ya'ni tekshirish vaqtida amal qiladi.

    Soliq to‘lovchi tomonidan soliq auditi o‘tkazilgan davrlar uchun soliqlar va yig‘imlar summasining kamayishini nazarda tutuvchi aniqlashtirilgan soliq hisobotlari taqdim etilgan taqdirda, bunday xarakat “oldin o‘tkazilgan soliq auditida soliq organiga ma'lum bo‘lmagan yangi holatlar”deb baholanishi maqsadga muvofiq.

    Shu sababli, loyiha ilovasining 116-bandini chiqarib tashlash lozim.

    15. Soliq organlari mansabdor shaxslarining mas'uliyatini oshirish hamda soliq tekshiruvlarining qonuniyligini ta'minlash maqsadida, loyiha ilovasining 119-bandini quyidagi tahrirda bayon qilish tavsiya etiladi:

    “Mazkur Nizom talablariga rioya qilmasdan, soliq auditini to‘liq, har tomonlama va holisona o‘tkazmaganligi natijasida byudjetga yoki soliq to‘lovchiga yetkazilgan zarar uchun soliq organi rahbari (uning o‘rinbosari) hamda soliq auditini o‘tkazgan mansabdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar”.

    16. Bayon etilganlarni inobatga olgan holda, loyiha ilovasini yuqorida bildirilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq qayta ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.

    Bu boradagi faoliyat davom etmoqda.

     

    SSP Axborot xizmati

    26.03.2020

    18:28

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06