#Birmiz_Qalban_birgamiz aksiyasi o‘tkazildi
2020 yilning 31 mart kuni Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasining Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi Qibray tuman bo‘limi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qibray tuman kengashi hamkorlikda #Birmiz_Qalban_birgamiz aksiyasini o‘tkazdi.
Ushbu aksiya doirasida 500 dona tibbiyot niqoblari tarqatilishi bilan bir qatorda do‘konlar, dorixonalar va mahalla idoralari binolariga koronavirusga qarshi himoyalanishdan ogoh etuvchi broshyuralar ilindi.
01.04.2020
14:06