Hamkorlikni mustahkamlamoqdamiz - masalalar joylarda hal etilmoqda
Bugungi global pandemiya sharoitida ishlab chiqarishning ko‘plab sohalari inqirozga uchrab turgan bir paytda qishloq xo‘jaligi mehnatkashlari aholini o'z mahsulotlari bilan ta'minlash uchun tinimsiz mehnat qilmoqdalar. Hammamiz uchun oson kechmayotgan bu davrda fermerlar va dehqonlar mahsulotlarini o‘z vaqtida yetishtirishlari, yig‘ib-terib, iste'molchiga o'z vaqtida etkazib berish uchun davlatimiz tomonidan barcha zarur choralar ko'rilmoqda.
Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot Dasturining hamkorlikdagi «Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi xatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish» loyihasi doirasida mana ikkinchi yil bo‘ldiki qishloq xo'jaligining ilg'or tajribalarini, shu jumladan imkoniyatlarni kengaytirish va moslashuvchan potentsialni oshirish va ekologik xavfsiz usullarni qo'llash, ishlab chiqarish usullari va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlaridagi qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari o'rtasida faol ishlar olib borilmoqda.
27 may kuni loyixa doirasida loyihaning qishloq xo‘jaligiga tatbiq etayotgan ilg‘or tajribalari bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Ikramov Adxam Ilxamovich, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Xodjayev Jamshid Abduxakimovich va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Xaitov Aktam Axmadovichlar Farg‘ona viloyati, Quva tumaniga tashrif buyurishdi.
Quva tumani loyihaning maqsadli tumanlaridan biri bo‘lib hisoblanib, u yerda fermer va dehqon xo'jaliklariga xizmat ko'rsatadigan 9 ta agrometeorologik stantsiyalardan biri o‘rnatilgan. Tashrif davomida mehmonlar mazkur agrometeorologik stansiyalarning ishi hamda qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurashish va prognozlash bo‘yicha yagona tizimni tashkil qilish borasida olib borilayottgan ishlar bilan tanishib chiqishdi. Ushbu tizimning ishlashi mutaxassislar va fermerlar o'rtasida doimiy aloqani o'rnatishga imkon beradi, bu esa hosilni himoya qilish bo'yicha o'z vaqtida choralar ko'rish bo'yicha ma'lumot, maslahat va tavsiyalar olish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi.
Shuningdek, tashrif davomida mehmonlar loyihaning asosiy natijalari va maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish, shuningdek, amalga oshirilayotgan tashabbuslarning barqarorligini ta'minlash bo'yicha o‘z fikr va tavsiyalari bilan o'rtoqlashdilar. Masalan, Fermerlar kengashi hamda "O'zagrokimyohimoya" mutaxassislarni jalb qilish hamda ular va foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro doimiy aloqa o‘rnatish, fermerlarning muammolarini o'z vaqtida aniqlash va yechimini topishga yordam beradishi mumkinligini ta’kidlashdi. Shuningdek, o'tgan va keyingi yillardagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi va eksport ulushini taqqoslash uchun qiyosiy ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish yuzasidan ham taklif berildi, chunki bu ma’lumotlar ko'rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini aniqlashga katta ahamiyatga egadir.
Umuman olganda, uchrashuv samarali va ishchan muhitda bo'lib o'tdi. Tomonlar o'rtasida nafaqat Farg'ona vodiysida, balki butun respublikada qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va agrosektor ishlab chiqaruvchilarining imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan hamkorlik bo'yicha olib boriladigan faoliyat va rejalar yuzasidan fikr mulohazalar bilan o‘rtoqlashildi.
BMTTDning qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirish borasidagi faoliyati 2017-2021yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi hamda BMT davlatlari qabul qilgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq oshirilmoqda.
***
«Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi xatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish» loyihasi “Rossiya Federatsiyasi- VMTTD rivojlanish maqsadida” maqsadli jamg‘armasining iqlim yo‘nalishi doirasida amalga oshirilmoqda.
02.06.2020
09:19