O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Rayosatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Savdo-sanoat palatasi Rayosati - O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra Qurultoy delegatlari tomonidan yigirma besh nafar kishidan iborat tarkibda saylanadigan Palata boshqaruvining qurultoylar oralig‘idagi rahbar organi hisoblanadi.
Palata Rayosati tarkibiga mansabi bo‘yicha Palata ijroiya qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek Qurultoy tomonidan saylangan tadbirkorlar orasida nufuzi baland bo‘lgan korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda hamkor tashkilotlar rahbarlari kiradi.
Savdo-sanoat palatasi Raisi A.Ikramov rahbarligida, hududlardagi a'zolar bilan onlayn tarzida tashkil qilingan Rayosat yig‘ilishi o‘tkazildi.
Rayosat yig‘ilishi kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Rayosati tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosarini lavozimiga saylash, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Ijroiya qo‘mitasi tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Rayosat yig‘ilishi bilan quyidagi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
- Palata Rayosatining 25 kishidan iborat yangi tarkibi tasdiqlandi;
- Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari lavozimiga F.Toshpo‘latov nomzodi tasdiqlandi;
- Palata Ijroiya qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi. Xususan, Ijroiya qo‘mita tashkiliy tuzilmasida quyidagi 1 ta yangi boshqarma va 2 ta yangi bo‘limlar tashkil qilindi.
- Biznes kompetensiyalarni oshirish, yoshlar startap loyihalariga ko‘maklashish va biznes-inkubatorlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi
- Biznes muhitni yaxshilash va ishbilarmonlik indekslarini baholash bo‘limi.
- Dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi.
Amalga oshirilgan o‘zgarishlar bo‘yicha ma'lumot berib boriladi.
02.06.2020
09:34