Agroklaster, fermer va dexqon xo‘jaliklari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PF-5742-sonli farmoniga asosan qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi doirasida respublikamiz qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqqan yerlarni tiklash va qayta foydalanishga kiritish hamda soxada suvtejovchi texnologiyalarni keng joriy qilishga aloxida e'tibor qaratilmoqda.
Mazkur konsepsiyani amalga oshirishni ta'minlash hamda sohada suvtejovchi texnologiyalarni keng joriy qilishni ta'minlash maqsadida, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Avstriya Respublikasining eksport-kredit agentligi (OeKV) hamkorligida taklif etilayotgan moliyaviy dastur doirasida qishloq xo‘jaligida resurs tejamkor texnologiyalarni (yomg‘irlatib sug‘orish) qo‘llashga qaratilgan.
Ushbu dastur doirasida “EVERGREEN AGRICULTURE” MChJ korxonasi va Avstriyaning “BAUER m.b.H” kompaniyasi xamkorligidagi qo‘shma loyixalar tayyorlash va tadbiq etish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va “EVERGREEN AGRICULTURE” MChJ vakillari ishtirokida ishchi gurux tuzilganligini ma'lum qilamiz.
Grant ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- suv manbayiga va elektr energiyaga ulanish imkoni mavjud bo‘lishi;
- xo‘jalik yer maydoni 60 ga va undan ortiq bo‘lishligi;
- xo‘jalik yer maydoni tekis yuzali (qiyalik darajasi 15-20 gradus ko‘p bo‘lmagan);
- loyixa asosida ajratiladigan uskunalarni biznes reja asosida qoplanish muddati 5-10 yilni tashkil etishi lozim.
Qiziqish bildirganlarni ishtirok etishga taklif etamiz.
Ma'lumot uchun: “Evergreen Agriculture” MChJ raxbari Mamadaminov.U, telefon raqami: 97-412-64-00.
05.06.2020
17:17