"Maxsus tijorat taklifi" mavzusida navbatdagi bepul vebinar
2020 yilning 10 iyun kuni saot 16:00da, "Maxsus tijorat taklifi" mavzusida AGROCOMP – Qozog‘iston va O‘zbekistonda qiymat zanjiri, barqaror rivojlanish va eko-innovasiyalarni takomillashtirish orqali O‘zbekiston va Qozog‘iston oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish loyihasi doirasida bepul vebinar tashkil qilinmoqda.
Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.
Biznesda eng muvaffaqiyatli bo‘lish uchun har bir mijozga alohida e'tibor berish zarur. Bunday e'tiborni namoyish etish uchun esa maxsus tijorat taklifi yaratish kerak. Xo‘sh, maxsus tijorat taklifi o‘zi nima, va u qanday tuziladi? Bu savolga javob topish uchun, Baxtiyor Tuxtayevning vebinarida qatnashishga taklif etamiz!
Vebinarda qatnashish uchun xavola: https://webinar2.camon.uz/b/sho-rua-pf9
09.06.2020
12:28