Yangi interaktiv xizmat ishga tushirildi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mahalliy tadbirkorlik subektlariga mini-texnologiya va asbob-uskunalarni izlash va jalb etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu xizmatni tadbirkorlarga ko‘rsatishni yanada qulaylashtirish va takomillashtirish maqsadida yangi interaktiv xizmat joriy etildi.
Bunda Savdo-sanoat palatasining xizmatlaridan foydalanish uchun tadbirkorlik sub’ektlari quyida taqdim etilgan ariza shaklini to‘ldirishlari kerak bo‘ladi va mazkur ariza Palataning Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limiga ko‘rib chiqish uchun kelib tushadi. Savdo-sanoat palatasi esa o‘z navbatida talab qilingan asbob-uskuna va texnologiyalar to‘g‘risidagi so‘rov xatini tegishli sanoat tarmog‘i bo‘yicha xorijiy va mahalliy asbob-uskuna va texnologiyalarni etkazib beruvchi korxonalarga yuborishni tashkil etadi.
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limi arizani yuborgan tadbirkorlik subektlariga asbob-uskuna etkazib beruvchi korxonalarning aloqa ma’lumotlarini taqdim etadi. So‘ralayotgan asbob-uskuna yoki texnologiyaning murakkabligi va soniga yoki talab qilingan asbob-uskunani etkazib beruvchi korxonaning mavjudligiga qarab tadbirkorlik subektlarining talabnomalari 10 ish kunidan 1 oygacha muddatda ko‘rib chiqilishi mumkin.
04.07.2016
10:55