Xalqaro reyting va indekslari bilan ishlash bo‘yicha Respublika Kengashi tashkil etildi
Mamlakatning investisiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini ko‘tarish, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi tizimini tadbiq qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi 2020 yil 02 iyundagi PF-6003-sonli Farmoni qabul qilindi.
Ushbu Farmonga ko‘ra, oxirgi to‘rt yil ichida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksi 19 hamda “Biznes yuritish” indeksida esa 18 pog‘onaga ko‘tarilganligi belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Iqtisodiy xamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga chiqdi.
Mamlakatimizda jaxon miqiyosidagi biznes yuritishni halqaro reyting va indeksi KPI tizimini joriy etish maqsadida bir qancha ilg‘or qadamlar bilan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xalqaro reyting va indeklar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi.
Kengashning asosiy vazifalari kuyidagilar:
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish hamda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish;
xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, xorijiy tajribaga ega bo‘lgan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;
davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan halqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o‘rniga ta'siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.
Kengashning ichki organlari - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi etib belgilandi.
Kengashning asosiy vazifasi esa taqsimlangan O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ta'sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli xalqaro xamkorlik olib borilishi ustidan Kengash tomonidan nazorat qilishdan iborat.
Tegishli vazirlik va idoralarga mas'ul bo‘lgan reyting va indekslarning muddatlarini hisobga olgan holda, KPI ko‘rinishidagi ko‘rsatgichida belgilanadi.
Ularning tashkiliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va erishish maqsadida:
bir oy ichida 2020 yil ikkinchi yarmi davomida amalga oshirish;
har yil 1 dekabrga qadar kelgusi yil davomida amalga oshirish.
Mas'ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni bo‘yicha:
har oyning 15 sanasiga qadar Kengash ishchi organlariga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi;
har oyning 30 sanasiga qadar Kengash raisi yoki o‘rinbosarining rahbarligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPIga erishish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot beradi.
Shuningdek, Adliya vazirligini markaziy apparatida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etilib, ushbu boshqarmaga yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish ko‘zda tutilgan.
2020 yil 1 oktyabrda internet tarmog‘ida Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ishga tushiriladi.
Mazkur internet portalni doimiy ishlashini va uni yangilab borish vazifasi Kengash organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi mas'ul etib qo‘yildi.
Maqola "Yuridik byuro" tomonidan tayyorlandi.
SSP Matbuot-xizmati
19.06.2020
11:11