"Tadbirkorlik sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari" mavzusida vebinar tashkil qilinmoqda.
2020 yil 23 iyun kuni Savdo-sanoat palatasi Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Sattarov tomonidan "Tadbirkorlik sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari" mavzusida navbatdagi vebinar tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, tashkil etilayotgan vebinarlarda qatnashish bepul.
Vebinarga quyidagi havola orqali ulaning: https://webinar2.camon.uz/b/mhq-z72-fzv
22.06.2020
14:17