• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 401 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, Energetika vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iste'molchilarni elektr tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori
    (ID-18785) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 noyabrdagi “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
    PF-4525-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

    Mazkur Qaror ilovasining 10-bandiga ko‘ra, “Tadbirkorlik sub'ektlarini elektr tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirishning umumiy va soddalashtirilgan (“foydalanishga tayyor holda” ishlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan xususiy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish orqali) imkoniyatlarini yaratgan holda elektr tarmoqlariga ulanish muddatlari va sarf-xarajatlarini optimallashtirish” belgilangan. Ya'ni, bunda tadbirkorlik sub'ektlarini elektr tarmoqlariga ulash tartibini soddalashtirish hamda sohada xususiy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish nazarda tutilgan.

    Ammo, loyihada elektr tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish belgilanmagan. Aksincha, unda amaldagi tartibga nisbatan ham murakkab bo‘lgan tartib joriy etish nazarda tutilgan.

    Xususan, iste'molchilarni elektr tarmoqlariga ulashni amalga oshirishda quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan iste'molchilar uchun elektr tarmoqlarga ulash sxemasini ishlab chiqish hamda qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, shuningdek, quvvati 20 kVtdan 50 kVtgacha bo‘lgan iste'molchilar uchun elektr tarmoqlarga ulash loyiha xujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish faqat Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari (keyingi o‘rinlarda HETK) tomonidan amalga oshirilishi hamda bunda bajarilgan ishlar uchun quvvatlanish kuchiga mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 va 20 barobari miqdorida to‘lov undirilishi belgilangan.

    Ya'ni, bu orqali sohadagi xususiy tashkilotlar faoliyatini amalga oshirishga cheklovlar belgilangan. Bundan tashqari, 50 kVtgacha bo‘lgan iste'molchilar uchun elektr tarmoqlarga ulanishda ancha yuqori bo‘lgan to‘lovlar miqdori nazarda tutilgan.

    2. Yoki, loyihada quvvati 50 kVtdan yuqori bo‘lgan iste'molchilarni elektr tarmoqlarga ulashning o‘ta murakkab bo‘lgan bosqichlari nazarda tutilgan. Ya'ni, loyiha 1-ilovasida belgilanishicha, quvvati 50 kVtdan yuqori bo‘lgan iste'molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelib yoki YaIDXP orqali elektron shaklda, belgilangan yig‘imni to‘lab murojaat etishlari lozim. Shundan so‘ng, ushbu so‘rovnoma HETKlariga yuborilgach, ular tomonidan texnik shartlar ishlab chiqiladi hamda elektron shaklda onlayn platformaga kiritiladi. Bunda, iste'molchi Davlat xizmatlari markazida yoki YaIDXP orqali onlayn platformada eng yaxshi taklif asosida tayyor holda topshirish shartnomasini taklif etgan pudratchini tanlaydi va shartnomani ERI bilan tasdiqlaydi.

    Ko‘rinib turibdiki, bunda iste'molchi va “foydalanishga tayyor holda” ishlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan xususiy tashkilotlar o‘rtasida shartnomalar orqali tartibga solinishi mumkin bo‘lgan oddiy munosabatlar o‘rtada Davlat xizmatlari agentligi, HETK vositachiligini qo‘shish orqali murakkablashtirilgan. Bundan tashqari, ushbu shartnomaviy munosabatlar faqat onlayn platforma orqali o‘rnatilishi mumkinligi nazarda tutilgan.

    Ammo, bu “Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xo‘jalik shartnomalarini tuzishning erkinligi prinsipiga ziddir.

    Vaholangki, agar loyihada “Onlayn platforma” orqali taraflarga yengilliklar joriy etilishi nazarda tutilganda, uni majburiy tartibda emas, balki ixtiyoriy amalga oshirish mumkinligini (ya'ni, qo‘shimcha qulayliklardan biri sifatida) keltirib o‘tish lozim. Zero, iste'molchi “foydalanishga tayyor holda” ishlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan xususiy tashkilotlar bilan hech qanday vositalarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuningdek, “Onlayn platforma”da yaratilgan qulayliklardan foydalangan holda ham (ya'ni, erkin tanlovga asoslangan holda) shartnomalar tuzish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

    3. Loyiha 1-ilovasining 5-bandi g) kichik bandi hamda loyiha 1-ilovasining boshqa normalariga ko‘ra, iste'molchilarni elektr tarmoqlariga ulash ishlarida, xususan elektr energiyasini hisobga olish tizmini plombalashda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi ishtirok etishi nazarda tutilgan.

    Ammo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 iyundagi “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6010-sonli Farmoni 1-bandi v) kichik bandiga ko‘ra, 2020 yil 1 avgustdan Byuroning elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarining joriy etilishini tashkil etish va ushbu jarayonlar ustidan monitoring o‘tkazishga doir vazifa va vakolatlarini ― O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga o‘tkazish belgilangan.

    4. Loyiha 1-ilovasining 31-bandi uchinchi xatboshiga ko‘ra, “Loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari yuzasidan shartnomalarda belgilangan muddatlarda bajarilmaganda pudratchi iste'molchiga kuniga 0,04 foiz miqdorida penya to‘laydi”, - deb belgilangan.

    Ammo, amaldagi qonun normalarida shartnomalardan kelib chiquvchi munosabatlarda ish bajaruvchi tomonidan ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko‘rsatilmagan hollarda penyani hisoblash tartibi, uning miqdori bilan bog‘liq normalar aniq belgilangan bo‘lib, yuqoridagi norma ushbu talablarga ziddir.

    Xususan, O‘zbekiston Respublikasi “Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida” Qonunning 25-moddasiga ko‘ra, “Tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to‘liq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko‘rsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko‘rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim”.

    5. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida keltirilgan PF-4525-sonli Qarorida berilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq ta'minlash maqsadida, loyihani qayta ko‘rib chiqish, unda tadbirkorlik sub'ektlarini elektr tarmoqlariga ulash tartibini soddalashtirish hamda sohada xususiy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, bunday xususiy tashkilotlar tomonidan “foydalanishga tayyor holda” ishlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish masalalarini nazarda tutish tavsiya etiladi.

    Bu boradagi faoliyat davom etmoqda.

     

    SSP Matbuot xizmati

    25.06.2020

    12:23

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06