O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining mazmun va mohiyati tadbirkorlarga yetkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 iyundagi “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4752-sonli qarori mazmun va mohiyatini tadbirkorlarga va keng jamoatchilik yetkazish maqsadida 2020 yil 24 iyun' kuni Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari va Farg‘ona shahar TKM rahbari I.Mamatxonovalar Farg‘ona shahrida joylashgan “Ibratli bekam” o‘quv markazida bo‘lib, markazning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
.
“Ibratli bekam” o‘quv markazi 2009 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 21 xildan ortiq o‘quv va kasbga o‘rgatuvchi kurslar mavjud bo‘lib, o‘quvchilar 1-3 oy davomida kerakli bilim va kasblarga ega bo‘ladilar va o‘qituvchilarning har biri oliy ma'lumotli bo‘lishidan tashqari, o‘z ishining ustasi va tajribali mutaxassislardir.
3
26.06.2020
12:03