Tadbirkorning kredit muammosi hal etildi
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har taraflama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Barcha hududlarda tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilib, hal etishga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi yana bir tadbirkor muammosini hal etishda yordam qo‘lini cho‘zdi.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkor J.Xoldorov ish faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida kredit olish masalasi bilan bankga murojaat etgan. Bir necha oy davomida kreditni olishda yuzaga kelgan muammolar sababli ushbu sayi xarakatlar to‘xtab qolgan. Yechim sifatida, tadbirkor J. Xoldorov Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga yordam so‘rab murojaat etgan. Masala SPP Toshkent viloyati hududiy boshqarma vakillari tomonidan o‘rganilib, tez orada amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Shu munosabat bilan, tadbirkor J.Xoldorov Savdo-sanoat palatasi Raisi A.Ikramov hamda SSP Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi xodimlariga tashakkur izhor etdi.
01.07.2020
20:19